Andijonda qariyb 2 kg «gaşiş»ni $18 mingga sotgan şaxslar uşlandi

Andijon viloyatida qariyb 2 kg «gaşiş» moddasini $18 mingga sotgani aytilayotgan ikki fuqaro uşlandi. Ular qölga oliş vaqtida tezkor xodimlarga qarşilik körsatib, voqea joyidan qoçişga uringani ma’lum qilindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Çegara qöşinlari va Andijon viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat İçki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi tezkor tadbir ötkazildi.
Rasmiy ma’lumotga köra, Paxtaobod tumanida yaşovçi 1988 va 1995-yillarda tuğilgan ikki fuqaro 1 kg 971 gramm «gaşiş» moddasini şartli xaridorga sotayotgan vaqtda uşlangan.
Giyohvandlik moddasi $18 mingga baholangan
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotiga köra, gumonlanuvçilar «gaşiş» moddasini $18 ming evaziga sotgan. Ular aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Uşlaş vaqtida qarşilik körsatgani aytilmoqda
DXX ma’lumotiga köra, qölga oliş jarayonida gumonlanuvçilar tezkor xodimlarga faol qarşilik körsatgan va voqea joyidan qoçişga uringan. Şunga qaramay, ular uşlangan.
Jinoyat işi qözğatildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilarga nisbatan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Polşaga işga yuboriş uçun 10,4 ming dollar talab qilgan MÇJ rahbari uşlangani haqida yozgan edi.