Chevrolet Tracker qanday yangi xavfsizlik tizimlarini oldi

22-oktabr 2026 19:19 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chevrolet Tracker Koreyada qanday narxda sotiladi
Rasm SI yordamida yaratilgan

Yangilangan 2027 Chevrolet Tracker bir qator yangi xavfsizlik va haydovçiga yordam beruvçi tizimlarga ega böldi. Modelda avtomatik tormozlaş, velosipedçilarni aniqlash, orqaga yurishda töqnashuvning oldini oliş va Safety Alert Seat kabi funksiyalar standart jihoz sifatida taklif qilinadi, deya xabar berdi GM Authority.

Yangi modelda Side Bicyclist Alert ham standart bölib, avtomobilning yon körinmas hududiga velosipedçi yaqinlaşayotganida haydovçini ogohlantiradi.

Orqaga yurishda avtomobil özi tormozlaşi mumkin

Tracker endi Reverse Automatic Braking tizimiga ega. Avtomobil orqaga harakatlanayotganda tösiq aniqlansa, tizim avtomatik ravişda tormozni işga tuşirişi mumkin.

Şuningdek, Rear Cross Traffic Braking funksiyasi orqaga çiqiş paytida yon tomondan yaqinlaşayotgan avtomobillar bilan töqnaşuvning oldini oliş yoki uning oqibatlarini kamaytirişga yordam beradi.

Har ikki tizim 2027-yilgi Tracker’da standart jihoz sifatida taqdim etiladi.

Piyoda va velosipedçilar uçun yangi tormozlaş tizimi

Avvalgi Automatic Emergency Braking tizimi örniga Enhanced Automatic Emergency Braking joriy etildi.

Bundan taşqari, Intersection Automatic Emergency Braking tizimi çorrahalardagi ayrim töqnaşuvlarning oldini oliş yoki ularning oğirligini kamaytirişga yordam beradi.

Oldingi Front Pedestrian Braking funksiyasi esa endi piyodalar bilan birga velosipedçilarni ham aniqlaydigan Front Pedestrian and Bicyclist Braking tizimiga almaştirildi.

Parkovka va körinmas hudud nazorati ham yaxşilandi

2027-yilgi modelda oddiy Rear Park Assist örniga old va orqa Front and Rear Park Assist tizimi standartlaştirildi.

Şuningdek, Blind Zone Steering Assist, HD Rear Vision Camera va Adaptive Cruise Control ham mavjud.

IntelliBeam avtomatik uzoq yoruğlik faralari, şina bosimini nazorat qiliş tizimi, Rear Seat Reminder, Buckle to Drive va Teen Driver funksiyalari ham saqlanib qolgan.

Yangi elektron arxitektura qöllanildi

Yangi xavfsizlik tizimlarining bir qismi GM’ning Vehicle Intelligence Platform, ya’ni Global B elektron arxitekturasi orqali işlaydi.

Mazkur platforma avtomobil komponentlari örtasida ma’lumot almaşiş tezligini oşiradi va murakkabroq haydovçiga yordam beruvçi tizimlarni qöllaş imkonini beradi.

1,2 litrli turbo dvigatel saqlanib qoladi

2027 Chevrolet Tracker avvalgidek 1,2 litrli uç silindrli turbo benzin dvigateli bilan jihozlanadi.

Model GM VSS-F platformasida işlab çiqariladi. Avtomobil Janubiy Koreyadagi GM Changwon zavodida işlab çiqarilişi davom etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq GM 2027-yilda bir neça segmentda gibrid avtomobillar çiqarişi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek