
Honor Delta Force öyini işlab çiquvçilari bilan hamkorlikda Honor Win 2 smartfonining maxsus versiyasini taqdim etdi. Bu haqda ITHome naşri xabar bermoqda.
Model Delta Force öyini işlab çiquvçilari bilan hamkorlikda yaratilgan bölib, standart Honor Win 2’dan avvalo dizayni bilan ajralib turadi.
185 Gs ekran bilan jihozlandi
Honor Win 2 Delta Force 2K aniqlikdagi displeyga ega. Ekranning yangilaniş çastotasi 185 Gs ni taşkil etadi. Bunday yuqori körsatkiç, ayniqsa, tezkor öyinlarda tasvirning silliq körinişini ta’minlaşga qaratilgan.
Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 örnatildi
Smartfon Qualcomm’ning flagman Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 bir kristalli tizimi asosida işlaydi. Honor uşbu platformani yuqori unumdorlik talab qiladigan mobil öyinlar uçun qöllagan.
Delta Force uçun maxsus dizayn yaratildi
Maxsus versiyaning asosiy taşqi farqlaridan biri orqa panel dizayni böldi. Honor Delta Force bilan hamkorlikda qurilmaning orqa qismiga alohida tekstura va öyinga mos bezak elementlarini qöşgan.
Şu tariqa, model texnik imkoniyatlardan taşqari kolleksion dizayni bilan ham standart versiyadan farqlanadi.
185 kadr/soniya tezlikda video yoziş imkoniyati
E’lon qilingan ma’lumotlarga köra, Honor Win 2 Delta Force yuqori aniqlikdagi videoni 185 kadr/soniya tezlikda yozib oliş imkoniyatiga ham ega böladi.
Honor hozirça maxsus versiyaning narxi va sotuv başlanadigan sanasi haqida batafsil ma’lumot bermadi.
Avvalroq «Kursiv» Honor 10 000 va 20 000 mA/soatli powerbanklarni taqdim etgani haqida yozgan edi.