Markaziy Osiyo ombor infratuzilmasiga $1,65 mlrd investitsiya jalb qilinişi mumkin

Törtta töğridan töğri investitsiya fondi Markaziy Osiyodagi ombor va logistika köçmas mulkiga mablağ kiritiş rejasini ma’lum qildi. Yevroosiyo taraqqiyot banki dasturini hisobga olganda, e’lon qilingan moliyalaştiriş hajmi qariyb $1,65 mlrdni taşkil etadi. Bu haqda IBC Global 15-oktabr kuni Olmaotada o‘tgan Central Asia Warehouse Summit doirasidagi «Ombor ko‘çmas mulkidagi loyihalarni moliyalaştiriş» sessiyasi yakunlari bo‘yiça ma’lum qildi.
Mintaqada Central Eurasia Warehouses Private Equity Fund, ikki yopiq ixtisoslaşgan Yevropa fondi hamda Yevroosiyo taraqqiyot banki investitsiya loyihalarini körib çiqmoqda.
Investorlar mavjud ombor majmualarini sotib oliş va yangi obyektlar qurişda qatnaşiş imkoniyatlarini baholamoqda.
Uçta fond $650 mln kapital rejalaştirgan
Central Eurasia Warehouses Private Equity Fund hamkori Stanislav Axmedzyanovning aytişiça, ikki Yevropa fondida investitsiyalar uçun jami $400 mln mablağ mavjud va ular tayyor obyektlar hamda yangi quriş loyihalarini tanlamoqda.
Central Eurasia Warehouses Private Equity Fund esa $250 mln hajmida investitsiya kapitalini şakllantirmoqda.
Şu tariqa uşbu uçta fondning e’lon qilingan umumiy kapitali qariyb $650 mlnni taşkil etadi.
«Fondlar developerlar uçun bir neça modelni taklif qilmoqda — qurişni moliyalaştirişdan tortib, obyektni foydalanişga topşiriş vaqtida yoki barqaror işlaş bosqiçida sotib olişgaça», – dedi Axmedzyanov.
Uning aytişiça, tayyor omborni fondga sotiş developerga foydani qayd etiş va mablağni keyingi loyihaga yönaltiriş imkonini beradi.
Investorlar A klassdagi omborlarga qiziqmoqda
IBC Global ma’lumotiga köra, investorlar, asosan, A klassdagi yoki sifat jihatidan unga teng bölgan ombor majmualariga qiziqiş bildirmoqda.
Ularning maydoni, odatda, 20 – 25 ming kvadrat metrdan kam bölmasligi kerak.
Investorlar faoliyat yuritayotgan va ijara daromadi keltirayotgan binolar, institutsional talablar asosida qurilayotgan yangi loyihalar hamda xalqaro transport yölaklari böylab joylaşgan logistika infratuzilmasini körib çiqmoqda.
Cerberus Frontier katta investitsiya maslahatçisi Mixeil Nibladzening aytişiça, logistika obyektini baholaşda uning yetkazib beriş zanjiridagi roli muhim.
«Qaysi yuk oqimlariga xizmat qilişi, mijozlari kim bölişi va talab qançalik barqaror ekani investitsiya qarorida asosiy omillardan», – dedi u.
YOTB 2031-yilgaça $1 mlrd yönaltirmoqçi
Yevroosiyo taraqqiyot banki ham mintaqadagi ombor infratuzilmasini moliyalaştirişni ustuvor yönalişlardan biri sifatida belgilagan.
Bank Qozoğistonda Griffin Partners va Mercury Properties loyihalarida qatnaşmoqda.
2026-yil avgustida YOTB «Griffin Logopark Olmaota» majmuasining birinçi bosqiçini quriş uçun kredit şartnomasini imzoladi. Loyihaning umumiy maydoni qariyb 125,5 ming kvadrat metr, investitsiya hajmi esa qariyb $125 mlnni taşkil etadi.
Iyul oyida YOTB va Mercury Properties Olmaota viloyatidagi Mercury Logistics’ning ikkinçi bosqiçini amalga oşiriş böyiça memorandum imzolagan. Birinçi bosqiçga 20 mlrd tenge investitsiya kiritilgan, 2031-yilgaça umumiy mablağ 70 mlrd tengega yetiši rejalaştirilgan.
YOTB strategik loyihalar direksiyasi rahbari Mixail Fadeyevning aytişiça, bank 2031-yilgaça Markaziy Osiyoda ombor infratuzilmasini rivojlantirişga $1 mlrdgaça mablağ yönaltirişni va 1 mln kvadrat metrdan ortiq yangi ombor maydonlarini yaratişni rejalaştirmoqda.
Mintaqaga yana millionlab kvadrat metr ombor kerak
IBC Global hisob-kitobiga köra, Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston va Tojikistonning kelgusi ön yildagi yangi omborlarga umumiy ehtiyoji 7 – 11 mln kvadrat metrni taşkil etadi.
Bu hajm taqsimlaš omborlari, agrologistika va turli harorat rejimida işlaydigan majmualarni ham öz içiga oladi.
IBC Global moliya va xalqaro rivojlaniş vitse-prezidenti Adrien Hennining aytişiça, hozirgi bosqiçda bozorda omborlarning ortiqça taklifi xavfi körinmayapti.
Fondlar e’lon qilgan kapital, qarz mablağlari uluşi 60 foiz bölgan modelda, qariyb 1,8 mln kvadrat metr ombor quriş imkonini berişi mumkin. YOTB va boşqa investorlar rejalari qöşilsa, bu hajm 2,8 mln kvadrat metrga yetadi.
Avvalroq «Kursiv» Özbekistonda quruqlik portlari soni 30 taga yetkazilişi haqida yozgan edi.