Özbekistonda nikohlar soni pasayishda davom etmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
1990-yillar örtalarida nikohlar soni keskin kamaygan
Foto: qadriyat

2026-yilning yanvar – iyun oylarida Özbekistonda 92,3 mingta nikoh qayd etildi. Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 1991 – 2025-yillar oraliğida eng köp nikoh 2018-yilda – 311,4 mingta qayd etilgan.

Milliy statistika qömitasi ma’lumotiga köra, 1991-yilda mamlakatda 270,3 mingta nikoh qayd etilgan bölsa, 2025-yilda bu körsatkiç 267,1 mingtani taşkil etdi.

Eng yuqori körsatkiç 2018-yilda qayd etilgan

1991 – 2025-yillar davomida nikohlar soni böyiça eng yuqori natija 2018-yilda kuzatilgan.

Öşa yili Özbekistonda 311,4 mingta nikoh qayd etilgan.

Keyingi yillarda körsatkiç pasaya boşlagan. 2021-yilda 305,2 mingta nikoh qayd etilgan bölsa, 2022-yilda bu raqam 296,7 ming, 2023-yilda 283,8 ming, 2024-yilda 271,8 ming va 2025-yilda 267,1 mingtani taşkil etdi.

1990-yillar örtalarida nikohlar soni keskin kamaygan

Statistikaga köra, 1991-yildagi 270,3 mingta nikohdan keyin körsatkiç 1995-yilda 170,8 mingtagaça pasaygan.

2000-yilda esa 168,9 mingta nikoh qayd etilib, taqdim qilingan davr böyiça eng past körsatkiçlardan biri kuzatilgan.

Şundan söng nikohlar soni yana ösişni boşlagan. 2005-yilda 184 mingta, 2010-yilda esa 292,3 mingta nikoh qayd etilgan.

2026-yilning birinçi yarmida 92,3 mingta nikoh qayd etildi

2026-yil yanvar – iyun oylarida mamlakatda jami 92,3 mingta nikoh röyxatdan ötkazilgan.

Milliy statistika qömitasi keltirgan ma’lumotlarda 2026-yil böyiça hozircha faqat birinçi yarim yillik körsatkiçi berilgan.

Avvalroq «Kursiv» erta nikoh va 16 yoshgacha bölgan homiladorlik haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek