Qaşqadaryoda $20 mlrdlik loyihalar dasturi tayyorlanadi

eʼlon qilindi
Dehqonobod kaliy zavodi quvvati oşirilişi mumkin
Qaşqadaryoda $20 mlrdlik loyihalar dasturi tayyorlanadi
prezident.uz

Qaşqadaryoda keyingi uç yil uçun umumiy qiymati $20 mlrd bölgan loyihalar va 50 mingta yangi iş örnini qamrab oluvçi dastur işlab çiqiladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev viloyatning mavjud sanoat va resurs salohiyatidan töliq foydalaniş vazifasini qöydi.

Qaşqadaryo viloyatida 2026-yilning yanvar – sentabr oylarida sanoat 8,4 foiz, xizmatlar 16,6 foiz, qişloq xöjaligi esa 4,9 foizga ösdi.

Şu bilan birga, davlat rahbari mavjud natijalar bilan viloyatning real salohiyati örtasida hali katta farq borligini qayd etdi.

Qaşqadaryo ayrim körsatkiçlarda quyi örinlarda

Aholi jon boşiga sanoat mahsulotlari böyiça Qaşqadaryo respublikada yettinçi, xizmatlar böyiça töqqizinçi, qişloq xöjaligi va quriliş hajmi böyiça esa ön birinçi örinda turibdi.

Prezident tuman hokimlari va banklar hududda «bilimga – rağbat, mehnatga – imkoniyat, taşabbusga – madad» beradigan muhit yaratişi zarurligini ta’kidladi.

Uning aytişiça, bunday yondaşuv Qaşqadaryoning bir-ikki yil içida eng ilğor hududlar qatoriga çiqişiga imkon berişi mumkin.

GTL bazasida $1,5 mlrdlik loyiha amalga oşirilişi mumkin

Prezident sanoatda yangi bosqiçga ötiş uçun viloyatda yetarli resurslar mavjudligini qayd etdi. Gaz, elektr energiyasi va yer osti boyliklarini daromadli iş örinlari hamda yuqori qo‘şilgan qiymatli mahsulotlarga aylantiriş vazifasi qo‘yildi.

GTL zavodida umumiy qiymati $300 mln bo‘lgan uçta yirik loyiha tayyorlangan.

Şuningdek, zavoddan olinadigan 430 ming tonna nafta asosida yangi polimerlar va neft-kimyo mahsulotlarini işlab çiqariş bo‘yiça $1,5 mlrdlik loyihani amalga oşiriş imkoniyati mavjudligi bildirildi.

Dehqonobod kaliy zavodi quvvati oşirilişi mumkin

Dehqonobod kaliy zavodining yillik işlab çiqariş quvvatini 365 ming tonnadan 600 ming tonnagaça yetkaziş imkoniyati mavjud.

Kiçik tonnajli kimyo yönalişida esa umumiy qiymati $830 mln bölgan 30 dan ortiq loyihalar taklifi işlab çiqilgan.

Uç yillik dasturga 50 mingta iş örni kiritiladi

Viloyatga tayinlangan loyiha menejeri va boşqa mas’ullarga umumiy qiymati $20 mlrd bölgan loyihalar hamda 50 mingta yangi iş örnini qamrab oladigan uç yillik dastur tayyorlaş topşirildi.

Dasturda mavjud resurslarni çuqur qayta işlaş, yuqori qöşilgan qiymat yaratiş va yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşirişga ustuvor e’tibor qaratilişi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qaşqadaryoda tadbirkorlar va kitobxonlar mukofotlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek