Qaşqadaryoda içimlik suvi ta’minotini yaxşilaşga $360 mln jalb qilinadi

eʼlon qilindi
Hisorak suv ombori va Tolimarjon – Muborak tizimi böyiça yirik suv loyihalari amalga oşiriladi
Yangi Toshkentda «Swiss challenge» tizimi joriy etiladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Qaşqadaryoda içimlik suvi ta’minotini yaxşilaş böyiça yirik loyihalar amalga oşiriladi. Hisorak suv ombori va Tolimarjon – Muborak suv tizimi bilan boğliq loyihalar orqali yuz minglab aholini toza suv bilan ta’minlaş rejalashtirilgan.

200 ming aholi toza suv bilan ta’minlanadi

Joriy yilda ajratilgan 1 trln söm hisobidan 747 km suv va kanalizatsiya tarmoği hamda 43 ta inşoot qurilişini ikki oyda yakunlaş topshirildi. Natijada 200 ming aholining toza içimlik suvi bilan ta’minlanişi közda tutilgan.

Hisorakdan suv tarmoği tortiladi

Hisorak suv omboridan Qarşi şahri, Qamaşi, Ğuzor va Qarşi tumaniga suv tarmoği tortiş loyihasini boşlaş uçun 100 mlrd söm ajratildi. Loyihaga yana $210 mln jalb etilişi rejalashtirilgan. Uning amalga oşirilişi orqali 350 ming aholini toza suv bilan ta’minlaş közda tutilmoqda.

Tolimarjon – Muborak tizimi rekonstruksiya qilinadi

Nişon, Kasbi, Mirişkor, Muborak va Qarşi tumanlarida suv ta’minotini yaxşilaş uçun Tolimarjon – Muborak suv tizimini rekonstruksiya qiliş loyihasi boşlanmoqda. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini 1-aprelgaça yakunlaş va unga $150 mln jalb etiş rejalashtirilgan. Bu orqali 700 ming aholining suv ta’minotini yaxşilaş közda tutilgan.

Avvalroq «Kursiv» Qaşqadaryoda $20 mlrdlik loyihalar dasturi tayyorlanişi haqida yozgan edi.

Shuningdek