Şahnoza Mirziyoyeva: Bolalar himoyasi bugundan boşlanadi

eʼlon qilindi
“Har bir bola uçun zöravonlikka mutlaqo murosasiz muhit yaratişimiz kerak”
Şahnoza Mirziyoyeva: Bolalar himoyasi bugundan boşlanadi
Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva Samarqandda ötkazilayotgan «Bolalar farovonligiga investitsiya» Jahon sammitidagi nutqida bolalar xavfsizligi, raqamli muhitdagi tahdidlar va zöravonlikka qarşi kuçlarni birlaştiriş zarurligi haqida gapirdi. Unga köra, bolalarni himoya qiliş faqat qonunlar bilan emas, balki ularning yonida yordam bera oladigan kattalar bölişi bilan ham boğliq.

«Bola kelajak emas, u bugunning özidir»

Şahnoza Mirziyoyeva bolalar haqidagi qarashlar ona bölganidan söng uning özü uçun ham özgarganini ta’kidladi.

«Biz köpinca: ‘Bolalar — bizning kelajagimiz’, deymiz. Ammo ona bölganimdan söng buni boşqaça tuşuna boşladim. Ota-ona uçun bola kelajak emas. Bola — bugunning özidir», — dedi u.

Uning sözlariga köra, ota-onalar farzandining ayni paytdagi salomatligi, xavfsizligi, sevilgani va baxtli ekanini öylaydi.

«Yordam kerak bölganida mamlakatingiz yoningizda bölişi kerak»

Mirziyoyeva bolalarni himoya qiliş haqidagi har qanday suhbat, avvalo, oddiy insoniy savoldan boşlanişi kerakligini aytdi.

«Yonida uni himoya qila oladigan biror katta odam bölmasa, bola bilan nima sodir böladi? Biz har bir bolaga şuni aytişni xohlaymiz: yordam kerak bölganida mamlakatingiz sizning yoningizda böladi», — dedi u.

U bolalar va oilalar duç kelayotgan xavflar dunyodagi özgarişlar bilan birga özgarib borayotganini ham qayd etdi.

Raqamli muhitdagi xavflarga e’tibor qaratildi

Şahnoza Mirziyoyeva raqamli dunyo kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanganini ta’kidladi. Şu bilan birga, dunyodagi beqarorlik va keskinliklar ham oilalar hamda bolalar xavfsizligiga ta’sir qilmoqda.

Uning fikriça, biror mamlakat bu muammolarni yolğiz hal qila olmaydi.

«Heç bir davlat bu çaqiriqlarga yolğiz javob bera olmaydi. Biz bir-birimizdan örganişimiz kerak. Hukumatlar, biznes, fuqarolik jamiyati va xalqaro taşkilotlarning sa’y-harakatlarini birlaştirişimiz zarur», — dedi Mirziyoyeva.

«Har bir bola uçun zöravonlikka mutlaqo murosasiz muhit yaratişimiz kerak»

Şahnoza Mirziyoyeva bolalarni zöravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilişni xalqaro hamkorlikning muhim yönalişi sifatida körsatdi.

«Birgalikda yangi madaniyat — zöravonlikka mutlaqo murosasiz va har bir bola ekspluatatsiyasiga mutlaqo murosasiz madaniyatni yaratişimiz mumkin», — dedi u.

U bolalarning salomatligi, baxti va xavfsizligi bugun kattalarning qölida ekanini, kelajakda esa mamlakatlar va butun sayyoraning taqdiri bugungi bolalar qölida bölişini ta’kidladi.

«Bugun hali kiçik va nozik bölgan qöllar har ötgan kun bilan kuçayib boradi. Şuning uçun bolalar oldidagi mas’uliyatimiz bugundan boşlanadi», — deya yakunladi Şahnoza Mirziyoyeva.

Eslatib ötamiz, avvalroq bolalar boğçasida bola xavfsiz emasligini qanday tuşuniş mumkinligi haqida psixolog maslahatlari berilgandi.

Shuningdek