Toşkent metropoliteni «Paxtakor»dagi yölovçilar tirbandligiga izoh berdi

Joriy yil 20-oktabr kuni «Paxtakor» metro bekatida yölovçilar töplanib qolgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. «Toşkent metropoliteni» aksiyadorlik jamiyati mazkur holatga ikki poyezdning bir vaqtda bekatga kelgani sabab bölganini ma’lum qildi.
Tirbandlik bir neça daqiqa davom etgan
Kompaniya ma’lumotiga köra, holat taxminan soat 17:43 da kuzatilgan. Ikki poyezdning bir vaqtda kelishi natijasida yölovçilar oqimi vaqtinça ortgan.
«Bunday holat yölovçilar oqimi yuqori bölgan tiğiz vaqtlarda kuzatiladigan, qisqa muddat davom etadigan tabiiy jarayonlardan biri», — deyiladi rasmiy munosabatda.
Metropoliten bir neça daqiqadan söng yölovçilar oqimi me’yorlaşganini bildirdi.
Şuningdek, öqing: Metroda yo‘qolgan 10 ming dollarni xodim emas, yo‘lovchi ayol topib olgan
Poyezdlar oraliği qisqartirilmoqda
Toşkent metrosida kunlik yölovçilar soni 1,2 mln nafardan oşgani sabab bekatlarda odamlar töplanişini kamaytiriş uçun poyezdlar harakati oraliğini qisqartiriş çoralari körilmoqda.
- Çilonzor yönalişida — 1,5–2 daqiqagacha;
- Özbekiston yönalişida — 3 daqiqagacha;
- Yunusobod yönalişida — 4 daqiqagacha;
- Yer usti halqa yöli yönalişida — 7–8 daqiqagacha qisqartirilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» «Şahriston» bekatida metro poyezdi nosozlik sabab töxtab qolgani haqida yozgan edi.