
Özbekistonlik para atlet Asila Mirzayorova «Aiçi-Nagoya – 2026» Para Osiyo öyinlaridagi iştirokini uçta medal bilan yakunladi. U T11 klassida uzunlikka sakraş bahsida 5,04 metr natija qayd etib, oltin medal bilan birga Para Osiyo öyinlari rekordini ham yangiladi.
Şu tariqa Mirzayorova Yaponiyadagi musobaqada bittadan oltin, kumuş va bronza medalni qölga kiritdi.
Uzunlikka sakraşda rekord örnatdi
Ayollar örtasidagi T11 klassida uzunlikka sakraş finalida Mirzayorova 5,04 metrga sakrab, barça raqiblarini ortda qoldirdi.
Uşbu natija unga oltin medalni taqdim etiş bilan birga Para Osiyo öyinlarining yangi rekordiga aylandi.
«Aiçi-Nagoya – 2026» musobaqalar taqvimiga köra, ayollar örtasidagi T11 klassida uzunlikka sakraş finali 23-oktabr kuni ötkazildi.
200 metrda kumuş, 100 metrda bronza
Mirzayorova bungaça T11 klassida 200 metrga yuguriş bahsida ham sovrindor bölgan. U gid-yuguruvçi Sardor Baxtiyorov bilan birga 25,86 soniya natija qayd etib, kumuş medalni qölga kiritgan.
100 metrga yuguriş bahsida esa özbekistonlik para atlet 12,73 soniyalik natija bilan bronza medaliga sazovor böldi.
Parijda ham rekord yangilagan
Mirzayorova para yengil atletikaning T11 klassida dunyoning yetakçi sportçilaridan biri hisoblanadi.
U «Parij – 2024» Paralimpiya öyinlarida uzunlikka sakraş bahsida 5,22 metr natija körsatib, oltin medalni qölga kiritgan edi. Öşa natija bilan özbekistonlik sportçi 28 yil davomida saqlanib kelgan Paralimpiya rekordini yangilagan.
World Para Athletics Mirzayorovani «Parij – 2024» Paralimpiadasi çempioni va ikki karra jahon çempioni sifatida qayd etadi. «Aiçi-Nagoya – 2026» esa uning faoliyatidagi uçinçi Para Osiyo öyinlari böldi. Bungaça u «Jakarta – 2018» da bronza va «Hangzhou – 2022» da oltin medal olgan.
Avvalroq «Kursiv» Аsila Mirzayorova nogironligi bölgan şaxslar huquqlarini himoya qiliş böyiça maxsus vakili bölgani haqida yozgan edi.