Dunyodagi marjon riflarining 96 foizi yöqoliş xavfida

eʼlon qilindi
Boşqa omillar ham riflarni yemirmoqda
Dunyodagi marjon riflarining 96 foizi yöqoliş xavfida
Foto: Great Barrier Reef Foundation

Dunyodagi sayoz suv marjon riflarining 96 foizi 2075-yilga borib jiddiy yöqoliş xavfi ostida qolişi mumkin. Bu haqda Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqi – IUCN ötkazgan ilk tizimli global baholaşda ma’lum qilindi.

Tadqiqot 127 ta tropik va subtropik marjon rif ekotizimini qamrab olgan. Mutaxassislarga köra, ularga eng katta tahdid iqlim özgarişi va okean suvlarining isib borişidir.

Issiqlik asosiy tahdid bölib qolmoqda

«Iqlim özgarişi oqibatidagi issiqlik stressi butun dunyoda marjon riflari tanazzulini tezlaştirayotgan eng barqaror va asosiy omildir», – deyiladi IUCN xulosasida.

Sayoz suv marjon riflari odatda 40 metrgaça bölgan çuqurliklarda uçraydi. Ular suv haroratining özgarişiga juda sezgir. Suv haddan taşqari isiganda marjonlar öz töqimalarida yaşovçi va ularni ozuqa bilan ta’minlaydigan mikroskopik suvötlarni çiqarib yuboradi. Natijada marjonlar oqarib, uzoq davom etgan issiqlik ta’sirida nobud bölişi mumkin.

Xavf ostidagi hududlar qatoriga Avstraliyadagi Buyuk tösiq rifi, Janubi-şarqiy Osiyodagi Marjon uçburçagi, Mesoamerika rif tizimi hamda Qizil dengiz riflari kiradi.

Boşqa omillar ham riflarni yemirmoqda

Dunyodagi sayoz suv riflari qariyb 188 ming kvadrat kilometr maydonni egallaydi va minglab dengiz turlari uçun yaşaş muhiti hisoblanadi.

Iqlim özgarişidan taşqari, ortiqça baliq ovlaş, qirğoqböyi hududlarini özlaştiriş, ifloslaniş, turizm bosimi va kuçayib borayotgan böronlar ham marjon riflariga zarar yetkazmoqda.

Ayniqsa, rif ekotizimlarida muvozanatni saqlaşga yordam beradigan ayrim baliq turlarining kamayişi vaziyatni oğirlaştiradi.

Qattiq marjonlar yöqolganda ularning örnini köpinça suvötlar, toş bölaklari va gubkalar egallaydi. Natijada biologik xilma-xillik kamayadi, rif baliqlari, dengiz toşbaqalari, mollyuskalar va akulalar kabi köplab turlar yaşaş joyidan ayriladi.

Riflarni saqlab qoliş imkoniyati hali bor

IUCN baholaşida BMTning Iqlim özgarişi böyiça hukumatlararo ekspertlar guruhi işlab çiqqan ssenariydan foydalanilgan. Unga köra, 2100-yilga borib global harorat sanoatgaça bölgan davrga nisbatan taxminan 2,7 darajaga oşişi mumkin.

Şunga qaramay, olimlar riflarning katta qismi hali butunlay yöqolmaganini ta’kidlamoqda.

Kelajakdagi iqlim özgarişi prognozlari hisobga olinmasa va faqat sönggi 50 yildagi özgarişlar baholansa, riflarning 24 foizi eng yuqori xavf toifasiga tuşadi.

«Kelgusi bir neça yil içida köriladigan çoralar asr oxirida uşbu ekotizimlar qanday holatda bölişini belgilaydi», – dedi IUCN baholaşining ilmiy rahbari Mişal Gudka.

Avvalroq «Kursiv» Kaspiy dengizidan yana 12 ta ölik tyulen topilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek