Galaxy S24 Ultra’da One UI 9’dan keyin batareya tez tugayotgani aytilmoqda

23-oktabr 2026 13:18 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Galaxy S24 Ultra’da One UI 9’dan keyin batareya tez tugayotgani aytilmoqda
Foto: Gizmochina

Samsung Galaxy S24 va S24 Ultra’ning ayrim egalari Android 17 asosidagi One UI 9 yangilanişidan keyin smartfon batareyasi odatdagidan tezroq quvvat yöqotayotganidan şikoyat qilmoqda. Muammo haqida Samsung hamjamiyati va texnologik naşrlarda bir neçta foydalanuvçi xabarlari paydo böldi.

Hozirça Samsung bu holatni Galaxy S24 seriyasiga taalluqli ommaviy nosozlik sifatida rasman tasdiqlamagan.

95 foiz quvvat beş soatda sarflangan

Galaxy S24 Ultra egalaridan biri One UI 9 örnatilgaç, qurilma 5 soat 20 daqiqada batareyaning 95 foizini sarflaganini ma’lum qilgan. Bu vaqt içida ekran 3 soat 15 daqiqa faol bölgan.

Foydalanuvçi smartfonni QHD ekran aniqligida va LTE+ mobil tarmoğida işlatgan, Wi-Fi’dan foydalanmagan. Asosan YouTube, Instagram, Snapçat va boşqa ijtimoiy hamda multimedia ilovalari işga tuşirilgan.

Oğir öyinlar, video montaj yoki uzoq vaqt kamera bilan suratga oliş kabi yuqori yuklama talab qiluvçi vazifalar bajarilmagan.

Foto: Gizmochina

Muammo faqat bitta foydalanuvçida emas

9to5Google ham Galaxy S24 va S25 seriyasidagi ayrim qurilmalarda One UI 9 örnatilganidan keyin avtonom işlaş vaqti yomonlaşgani haqida foydalanuvçi xabarlari köpayganini qayd etdi.

Şu bilan birga, barça qurilmalarda bir xil holat kuzatilmayapti. Samsung Members platformasida aksinça One UI 9’dan keyin Galaxy S24 Ultra’ning batareya işlaşi va harorat nazorati yaxşilangani haqida ham xabarlar bor.

Bu hozirça muammoning barça Galaxy S24 Ultra qurilmalariga birdek ta’sir qilayotganini aytiş uçun yetarli asos yöqligini körsatadi.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Samsung W27 smartfonlarini 29-oktabrda taqdim etişi haqida yozgan edi.

Shuningdek