
AvtoVAZ Lada Iskra avtomobili uçun 120 ot kuçiga ega yangi 1,6 litrli dvigatel tayyorlamoqda. Bu haqda 110.km naşri xabar bermoqda.
Yangi motor quvvati amaldagi 106 ot kuçli agregatdan yuqori bölsa-da, zavod ma’lumotlariga köra, avtomobilning 0 dan 100 km/soatgaça tezlaniş vaqti özgarmaydi. Yangi modifikatsiyani 2026-yil oxirigaça LADA Iskra qatoriga qöşiş rejalaştirilgan.
Quvvat 120 ot kuçiga oşadi
Hozirgi 16 klapanli 1,6 litrli dvigatel 106 ot kuçi va 148 Nm aylantiruvçi moment işlab çiqaradi.
Yangilangan agregatda quvvat 120 ot kuçiga, maksimal aylantiruvçi moment esa 154 Nm ga yetadi. Dvigatelga kiriş klapanlarining gaz taqsimlaş fazalarini özgartiriş tizimi ham qöşilgan. AvtoVAZ bu yeçim motorning past va örta aylanişlarda elastikligini yaxşilaşga qaratilganini bildirgan.
Şu tariqa quvvat qariyb 13 foizga oşadi, biroq zavodning dastlabki texnik jadvalida tezlaniş körsatkiçlari özgarişsiz qolgan.
Tezlaniş özgarmaydi
Olti poğonali mexanik uzatmalar qutisiga ega sedan 0 dan 100 km/soatgaça 12,6 soniyada tezlaşadi. Universal uçun bu körsatkiç 12,7 soniya, Iskra Cross uçun esa 13 soniyani taşkil qiladi.
Avtomatik uzatmalar qutisida sedan 100 km/soatga 13,8 soniyada, universal 13,9 soniyada, Cross esa 14 soniyada çiqadi.
Yangi 120 ot kuçli motorli versiyalar uçun ham aynan şu körsatkiçlar berilgan. Maksimal tezlik ham özgarişi kutilmayapti: sedan mexanik uzatmada 177 km/soat, avtomatda esa 168 km/soatgaça tezlaşadi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» yangi Lada Niva Bronto işlab çiqarila boşlangani haqida yozgan edi.