Loyiha-qidiruv işlari qiymatini hisoblaş tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Loyiha-qidiruv işlari qiymatini hisoblaş tartibi belgilandi
Foto: depositphotos

Özbekistonda loyiha-qidiruv işlari qiymatini aniqlaş, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaş va ularni ekspertizaga yuborişning yangi tartibi joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Loyiha taşkilotlariga 30 foiz avans beriladi

Maqsadli dasturlar doirasida moliyalaştiriladigan quriliş va ta’mirlaş obyektlari böyiça loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş uçun tuziladigan şartnomalarga muvofiq loyiha taşkilotlariga bir martalik 30 foiz avans tölovi beriladi.

Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalaştiriladigan obyektlarda mualliflik nazorati bilan boğliq xarajatlar şartnomada alohida körsatiladi.

Uşbu xarajatlar loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş qiymatining 10 foizi miqdorida belgilanadi.

Hujjatlar «Şaffof quriliş» orqali topşiriladi

Yangi tartibga köra, loyihalaştiriş topşiriqlari raqamli formatda tayyorlanişi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanişi şart.

Tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari «Şaffof quriliş» milliy axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

Tizim hujjatlarni avtomatik ravişda bir iş kuni içida ekspertizaga yuboradi.

Loyihalaştiriş topşiriqlari bosqiçma-bosqiç raqamlaştiriladi

«Şaffof quriliş» tizimida obyektlarni loyihalaştiriş topşiriqlarini töliq raqamlaştiriş bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi.

Maktab va maktabgaça ta’lim taşkilotlari obyektlari böyiça topşiriqlar 2026-yil 1-dekabrgaça raqamlaştiriladi.

Soğliqni saqlaş obyektlari böyiça bu jarayon 2027-yil 1-sentabrgaça, qolgan yönalişlardagi obyektlar böyiça esa 2028-yil 1-iyungaça yakunlanişi kerak.

2027-yildan yagona loyihalaş yondaşuvi joriy etiladi

2027-yil 1-martdan boşlab maqsadli dasturlar doirasida budjet mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarida yagona yondaşuv qöllaniladi.

Namunaviy va takroriy qöllanadigan loyihalar «Şaffof quriliş» tizimiga joylaştiriladi.

Yangi obyektlar qurilişi tasdiqlangan namunaviy loyihalarni hududga moslaştiriş orqali amalga oşiriladi. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bundan mustasno.

Tasdiqlangan loyihaga asossiz özgartiriş kiritiş taqiqlanadi

Loyiha hujjatlariga ijobiy ekspertiza xulosasi olinib, buyurtmaçi xizmatining içki buyruği bilan tasdiqlanganidan keyin ularga asossiz qöşimça yoki özgartiriş kiritiş taqiqlanadi.

Bu talab loyiha qiymatining keyinçalik nazoratsiz oşib ketişining oldini olişga qaratilgan.

Qiymat 1,5 baravarga özgarsa, hisob qayta körib çiqiladi

Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga köra obyekt qiymati loyiha taşkilotini aniqlaş uçun dastlab hisoblangan qiymatdan 1,5 baravar yuqori yoki past bölsa, loyiha-qidiruv işlari qiymati qayta hisoblab çiqiladi.

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan uç oy ötgaç kuçga kiradi.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» davlat mablaği hisobidan quriliş xarajatlari yangi tartibda hisoblanişi haqida yozgan edi.

Shuningdek