Özbekistonda 1 million sömlik çiqariladimi

eʼlon qilindi
Tarqalgan ma’lumot feyk
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 million sömlik yangi banknota tasviri tarqaldi. Özbekiston Markaziy banki bu ma’lumot haqiqatga töğri kelmasligini bildirdi.

Markaziy bankning ma’lum qilişiça, mamlakatda 1 million sömlik banknota muomalaga çiqarilgani haqidagi xabarlar asossiz. Regulyator tarqalgan ma’lumotni feyk deb atadi.

«Mazkur ma’lumot asossiz bölib, yolğon va feyk ekanligini ma’lum qilamiz. U haqiqatga töğri kelmaydi», – deyiladi Markaziy bank bayonotida.

Rasmiy ma’lumotni qayerdan oliş mumkin

Markaziy bank fuqarolarga pul muomalasi bilan boğliq yangiliklar va boşqa rasmiy ma’lumotlarni özining rasmiy axborot sahifalari orqali kuzatib borişni tavsiya qildi.

Avvalroq Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 500 ming sömlik yangi banknot haqidagi xabarlarni rad etgandi.

Shuningdek