Qöqonda köçada uyatsiz harakatlar qilgan erkak 10 sutkaga qamaldi

eʼlon qilindi
Erkak va uning ayol sherigi avtobus bekatida jamoat joyida yurish-turiş qoidalarini buzgan
Foto: Ruxsor teleradiokanalining YouTube sahifasi

Qöqon şahridagi avtobus bekatida jamoat joyida yurish-turiş qoidalarini buzgan ikki nafar çet el fuqarosining xatti-harakatlari sudda körib çiqildi. Sud ayolga jarima, erkakka esa 10 sutkalik qamoq jazosi tayinladi.

Profilaktika inspektori ularni ogohlantirgan

Foto: Ruxsor teleradiokanalining YouTube sahifasi

Hodisa Qöqon şahridagi Turkiston köçasida sodir bölgan. Profilaktika inspektori avtobus bekatida turgan ayol va erkakning xatti-harakatlariga e’tibor qaratib, ular bilan suhbatlaşgan.

«Turkiston köçasida harakatlanib ketayotgan vaqtimda avtobekatda ayol va erkak jamoat joyida yurish-turiş qoidalarini buzib turganini kördim. Töxtab, ularga bunday qiliş mumkin emasligini tuşuntirdim va maşina töxtatib, taksiga ötirğizib yubordim», – dedi profilaktika inspektori.

Ma’lumotga köra, erkak avtomobilga ötirganidan keyin turli uyatli sözlar ayta boşlagan. Bu holat esa uçinçi şaxs tomonidan videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan va muhokamalarga sabab bölgan. Uşbu videoni ijtimoiy tarmoqga joylagan şaxs çet el fuqarosi bölib, sayohat uçun Qöqon şahriga kelgan va huquqbuzarlik sodir etgan şaxs bilan heç qanday aloqasi bölmagan.

Erkak haqoratli sözlarni boshqa sabab bilan izohladi

Örganişlar davomida videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan şaxs çet el fuqarosi ekani aniqlangan. U videodagi şaxslar bilan avvaldan taniş bölmaganini aytgan. Sudda erkak uyatli sözlarni nima sababdan aytganini izohlagan.

«Maşinaga ötirayotganimda eshikni yopib, oyoğimni qisib oldim. Oğriqdan notoğri sözlar aytib yubordim. Bu sözlar özimga qaratilgan edi», – dedi u.

Biroq hodisa aks etgan videotasvir uning sözlari vaziyatdan çiqiş uçun öylab topilganligini körsatadi. Mazkur video ham örganiş materiallariga qöşilgan.

Sud hukmi e’lon qilindi

Ikki fuqaroning xatti-harakatlari yuzasidan töplangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qiliş uçun jinoyat işlari böyiça Qöqon şahar sudiga yuborilgan. Sud majlisida tomonlar tinglangaç, ayolga jarima jazosi tayinlangan. Erkak esa 10 sutkaga qamoqqa olingan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda jamoat joylarida sovuq qurol olib yurish holatlariga nisbatan javobgarlik kuçaytirilganligi haqida yozgan edi.

Shuningdek