Omonatçilarga kompensatsiya tölovlarini avtomatlaştiriş uçun yangi raqamli tizim yaratiş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda omonatçilarga kompensatsiya tölovlarini tezlaştiriş va bu jarayonni avtomatlaştiriş uçun yangi raqamli tizim yaratiş rejalaştirilmoqda. Loyiha Koreya xalqaro hamkorlik agentligi – KOICA tomonidan moliyalaştiriş uçun tanlab olingan. Bu haqda Omonatlarni kafolatlaş agentligining 2026-yil töqqiz oylik faoliyati yakunlariga bağişlangan oçiq muloqotda ma’lum qilindi.
Loyiha uçun $5 mln grant ajratilişi közda tutilgan
«Özbekistonda omonatçilar huquqlarini himoya qiliş va moliyaviy barqarorlikni ta’minlaş böyiça raqamli transformatsiya loyihasi»ni uç yil davomida amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Uni moliyalaştiriş uçun KOICA tomonidan $5 mln grant mablaği ajratilişi nazarda tutilmoqda. Loyiha doirasida Omonatlarni kafolatlaş agentligining boşqaruv-axborot tizimi yaratiladi.
Kompensatsiyalar avtomatik hisoblanadi
Yangi tizim omonatçilarga kompensatsiya tölovlarini taşkil etiş bilan boğliq jarayonlarni avtomatlaştiriş imkonini beradi.
Xususan, banklardan keladigan ma’lumotlarni qayta işlaş va tekşiriş, kompensatsiya miqdorini hisoblaş hamda tölovlar uçun zarur ma’lumotlarni şakllantiriş yagona raqamli muhitda amalga oşiriladi.
Şuningdek, tizim orqali tijorat banklarining badallarini hisoblaş va ularning tölanişini nazorat qiliş, investitsiya faoliyati hamda banklar böyiça tahlil va monitoring jarayonlarini boşqariş rejalaştirilgan.
2027-yildan tölov muddati qisqaradi
Raqamlaştiriş loyihasi 2027-yildan kuçga kiradigan yangi talablarni bajarişda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Qonunga köra, 2027-yil 1-yanvardan kafolatlaş hodisasi yuzaga kelgan kundan boşlab yetti iş kuni içida tugatilayotgan bank omonatçilarining kamida törtdan uç qismiga kompensatsiya oliş imkoniyati yaratilişi kerak.
Şu sabab Agentlik banklar bilan ma’lumot almaşinuvini tezlaştiriş, omonatçilar haqidagi ma’lumotlarning töliqligi va aniqligini oşiriş hamda hisob-kitoblarni avtomatlaştiriş ustida işlamoqda.
Koreya tajribasidan foydalaniladi
Yangi tizimni işlab çiqişda Koreya depozitlarni suğurtalaş korporatsiyasi – KDIC bilan hamkorlik qilinmoqda.
Tomonlar tizimning asosiy vazifalari, dasturiy ta’minot hamda texnik infratuzilmaga qöyiladigan dastlabki talablarni şakllantirgan. Hozirda loyiha parametrlarini aniqlaştiriş işlari davom etmoqda.
Agentlik ma’lumotiga köra, yangi raqamli infratuzilma kompensatsiya tölovlarini tezroq taşkil etiş, banklar bilan ma’lumot almaşinuvini soddalaştiriş va omonatçilar bilan işlaş jarayonlarini samaraliroq boşqarişga xizmat qiladi.
Avvalroq «Kursiv» «Yangi bank» omonatçilariga 207,5 mlrd söm kompensatsiya tölab berilgani haqida yozgan edi.