Toşkent va Samarqandda bemorlar uyiga boruvchi mobil brigadalar yölga qöyildi

Toşkent şähri va Samarqand viloyatida palliativ yordamga muhtoj bemorlarga uyida xizmat körsatadigan mobil brigadalar iş boşladi. Yangi tizim 2027–2028-yillarda Özbekistonning boşqa hududlarida ham bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Bu çoralar prezidentning 2026-yil 24-iyundagi PQ-239-son qarori asosida palliativ xizmatlarni kengaytiriş doirasida amalga oşirilmoqda.
Yordam bemorning uyiga yetkaziladi
2026-yil oktabridan Toşkent şähri va Samarqand viloyatida maxsus mobil brigadalar bemorlarning uyiga borib, ularga zarur yordam körsatişni başladi. Kelgusi ikki yil davomida bunday xizmatlar boşqa hududlarda ham yölga qöyilişi rejalashtirilgan.
Bemorlarning yaqinlariga ham yordam beriladi
Xospislarda «Oilani qöllab-quvvatlaş xizmati» taşkil etiladi. U bemorlarning yaqinlariga ruhiy va ijtimoiy kömak körsatiş bilan birga, ularga uy şaroitida parvariş qiliş qoidalarini ham örgatişni nazarda tutadi. Buning uchun amaliy maşğulotlar ötkaziladi.
E-Palliative tizimi joriy etiladi
Yangi palliativ yordam tizimi uchun mutaxassislarni tayyorlaş va qayta öqitiş işlari ham başlangan. Bemorlarni röyxatga oliş, ularni kerakli yordamga yönaltiriş hamda körsatilayotgan xizmatlarni kuzatib boriş maqsadida E-Palliative elektron tizimi joriy etilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» 2027-yil Özbekistonda saratonga qarşi kuraşiş milliy dasturi joriy etilishi haqida yozgan edi.