
FAW-Volkswagen’ning Jetta brendi Xitoyda yangi Volkswagen Jetta M6 elektromobilini sotuvga çiqardi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Modelning boşlanğiç narxi 79,8 ming yuan yoki qariyb $11,9 mingni taşkil qiladi. Elektromobil bir quvvatlanişda CLTC standarti böyiça 555 km gaça masofa bosib öta oladi.
Jetta M6 brendning ilk seriyali töliq elektr modeli bölib, uçta komplektatsiyada taklif etiladi.
Narxi $11,9 mingdan boşlanadi
Bazaviy Jetta M6 465 Pro 79,8 ming yuan ($11,9 ming) turadi va 465 km yuriş zaxirasiga ega.
555 Max versiyasi 89,8 ming yuan ($13,4 ming), 555 Ultra esa 99,8 ming yuan ($14,9 ming) etib baholangan. Har ikkala yuqori versiya CLTC böyiça 555 km masofa bosib ötadi.
Oldindan sotuvda bazaviy model 80,8 ming yuandan taklif qilingan edi. Rasmiy sotuv boşlanişida uning narxi 1 ming yuanga pasaytirildi.

555 km gaça yuradi
Jetta M6 old ğildiraklardan tortuvçi bitta elektromotor bilan jihozlangan.
Bazaviy versiyada 113 kVt, ya’ni 152 ot kuçiga teng motor örnatilgan. U 230 Nm aylantiruvçi moment hosil qiladi va avtomobilni 0 dan 100 km/soatgaça 8,3 soniyada tezlaştiradi.
Yuqori komplektatsiyalar 145 kVt yoki 195 ot kuçiga ega elektromotor va 260 Nm aylantiruvçi moment bilan jihozlangan. Bu versiyalar 100 km/soat tezlikka 6,8 soniyada çiqadi.
465 Pro 42,9 kWh siğimli, 555 Max va 555 Ultra esa 51,9 kWh siğimli LFP batareya olgan. Batareyalarni CALB yetkazib beradi. 30 foizdan 80 foizgaça tezkor quvvatlaş 25 daqiqa vaqt oladi.
Eng past energiya sarfi 100 km uçun 10,5 kWh deb körsatilgan.

Şaharda ham avtomatik boşqaruv tizimi bor
Jetta M6’ning yuqori Ultra versiyasida Horizon Robotics’ning Journey 6M çipi va GAIA 2.0 tizimidan foydalaniladi.
U avtomobilga şahar va avtomagistrallarda NOA – navigatsiya asosidagi haydovçiga yordam beriş tizimidan foydalaniş imkonini beradi. Şuningdek, avtomatik parkovka, xotira asosida parkovka va ortga qaytiş böyiça yordamçi funksiyalar mavjud.
Bazaviy jihozlar qatoriga adaptiv kruiz yordamçisi, avtomatik favqulodda tormozlaş, avtomatik parkovka va masofadan boşqariladigan parkovka ham kiradi.
Salonda DeepSeek va Qwen işlaydi
Elektromobil salonida 15,6 dyuymli 2.5K markaziy sensorli ekran va 8,88 dyuymli raqamli asboblar paneli örnatilgan.
Yuexing Smart Cockpit 2.0 tizimi Doubao, DeepSeek va Qwen sun’iy intellekt modellarini qöllab-quvvatlaydi. Ular tabiiy tildagi buyruqlarni tuşuniş va safarni rejalaştiriş kabi funksiyalarni bajarişi mumkin.
Smartfonlarni ulaş uçun HiCar, CarLink va Apple CarPlay tizimlari ham mavjud.
Kuzovining qarşilik koeffitsiyenti 0,208
Jetta M6 Xitoy va Germaniya mutaxassislaridan iborat dizaynerlar jamoasi tomonidan işlab çiqilgan. Modelda «Bamboo Aesthetics» dizayn konsepsiyasidan foydalanilgan.
Aerodinamikani yaxşilaş uçun kuzovda 17 ta yeçim qöllanilgan va havo qarşilik koeffitsiyenti 0,208 ga tuşirilgan. Avtomobil uzunligi 4 806 mm, kengligi 1 868 mm, balandligi 1 500 mm, ğildirak bazasi esa 2 820 mmni taşkil qiladi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Volkswagen ID. Aura T6 avtomobili haqida nimalar ma’lumligini yozgan edi.