Yöl qurilişida 31,36 mlrd sömlik sifatsiz işlar aniqlandi

eʼlon qilindi
492 ta holat böyiça talabnoma kiritildi
Yo‘l qurilishida laboratoriya sinovlarini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
Foto: stat.uz

2026-yilning yanvar – sentabr oylarida Özbekistonda yöl qurilişida 31,36 mlrd sömlik sifatsiz bajarilgan işlar aniqlandi. Bu haqda Transport nazorati inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Firdavs Xayriddinov ma’lum qildi.

Yilning töqqiz oyida 492 ta holat böyiça sifatsiz bajarilgan işlar qiymatini tölovdan çiqariş yuzasidan buyurtmaçilarga talabnomalar kiritilgan. Şu davrda jami 1 968 ta nazorat tadbiri ötkazilib, 5 815 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

Qoidabuzarliklarning asosiy qismi yöl qurilişiga töğri kelgan

Aniqlangan qoidabuzarliklarning 5 531 tasi yöl-quriliş obyektlari bilan boğliq. Yana 284 ta holat yölni özboşimçalik bilan qaziş, sun’iy notekislik va tösiqlar örnatiş hamda qazilgan joylarni talab darajasida tiklamaslik bilan boğliq bölgan.

Yöl-quriliş obyektlarini röyxatga olişdan tortib, foydalanishga qabul qilişgaça bölgan nazorat jarayonlari «Yöl sifat nazorati» axborot tizimi orqali amalga oşirilmoqda. Körsatmalar, taqdimnomalar va ma’muriy bayonnomalar ham mazkur tizimda şakllantiriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda yöl infratuzilmasini yaxshilashga $442 mln yönaltirilayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek