Nuroboddagi voyaga yetmagan qiz va oilasi ijtimoiy himoyaga olindi

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida voyaga yetmagan qiz bilan boğliq holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan örganildi. Qiz va uning oilasi bilan işlaş böyiça alohida keys oçilib, ularga zarur ijtimoiy xizmatlar belgilandi.
Agentlik ma’lumotiga köra, 16-oktabr kuni «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari qiz va uning oilasining holatini dastlabki baholagan.
Şundan söng oila bilan işlaş böyiça keys oçilib, zarur ijtimoiy xizmatlar belgilangan. Voyaga yetmagan qizga psixologik yordam körsatilmoqda.
Ta’lim va nafaqa masalalarida yordam berildi
22-oktabr kuni holat qayta örganilgan. Unda qizning ta’lim olişini taşkil etiş, şuningdek, otasining tibbiy körikdan ötişi va nogironlik nafaqasini qayta tayinlaş bilan boğliq masalalarni hal etişda oilaga kömaklaşilgan.
Agentlikning Samarqand viloyati boşqarmasi ayrim şaxslarga nisbatan jinoyat işini tugatiş töğrisida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini örganiş masalasida viloyat prokuraturasiga murojaat tayyorlamoqda.
Agentlik holat nazoratda ekanini ma’lum qildi. Voyaga yetmagan qiz va uning oilasini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş hamda ularning manfaatlarini himoya qiliş böyiça işlar davom ettiriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq bolalar boğçasida bola xavfsiz emasligini qanday tuşuniş mumkinligi haqida psixolog maslahatlari berilgandi.