Xorvatiya özbekistonlik quruvçilarni işga jalb qiliş dasturini boşlamoqda

Xorvatiya iş beruvçilari Özbekistondan elektromontaj, fasad va pardozlaş işlariga ixtisoslaşgan quriliş brigadalarini işga qabul qilişga katta qiziqiş bildirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.
Yangi dasturlar va Zagrebda vakolatxona oçilişi
Migratsiya agentligi direktori Muhsinxuja Abdurahmonov hamda Xorvatiyaning Ostona şahridagi qarorgohida faoliyat yurituvçi elçisi Refik Şabanoviç örtasidagi uçraşuvda bir qator amaliy masalalar muhokama qilindi. Xususan, 100 – 200 nafar Özbekiston fuqarosini işga jalb qiliş böyiça pilot dasturini amaliyotga tatbiq etiş va Zagreb şahrida agentlikning rasmiy vakolatxonasini oçiş közda tutilgan. Xorvatiya tomoni quriliş sohasi mutaxassislariga ehtiyoj yuqori ekanini ta’kidlagan.

Hamkorlik doirasidagi biznes-forum
Joriy yilning noyabr oyi oxirida Özbekistonda 10 tadan 30 tagaça Xorvatiya kompaniyalari iştirokida biznes-forum ötkazilişi rejalaştirilmoqda. Uşbu tadbir orqali turizm, soğliqni saqlaş, xizmat körsatiş va mavsumiy bandlik kabi yönalişlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş maqsad qilingan.
Xorvatiyadagi özbekistonliklar statistikasi
Hozirgi kunda Xorvatiya hududida 5,5 mingga yaqin özbekistonliklar mehnat migrantlari faoliyat yuritmoqda. Elçi Refik Şabanoviçning ta’kidlaşiça, mahalliy iş beruvçilar özbekistonliklarning kasbiy mahorati va mehnatga bölgan munosabatini ijobiy baholamoqda. Bunga misol tariqasida, ayni paytda 40 nafar vatandoşimiz mehnat qilayotgan «Radnik d.d.» kompaniyasi yana qöşimça mutaxassislarni işga jalb etiş niyatida ekanini ma’lum qilgan.
Avvalroq Kursiv naşri Migratsiya agentligiga yangi direktor tayinlangani haqida xabar bergan edi.