1 600 yillik Rim qadahi qayta yaratildi

Britaniyalik olimlar qariyb 1 600 yil avval tayyorlangan Rim şişa qadahining yoruğlikka qarab rangini özgartiriş xususiyatini qayta yaratişga muvaffaq böldi. Tajriba qadimgi ustalar bunday noyob optik effektga qanday erişganini yaxşiroq tuşunişga yordam beradi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Qadah nega rangini özgartiradi
Gap Britaniya muzeyida saqlanayotgan IV asrga oid Likurg qadahi haqida ketmoqda. U oddiy yoruğlikda nefrit rangidagi yaşil tusda körinsa, orqa tomonidan yoruğlik tuşirilganda yoqut rangiga — qizil tusga kiradi.
Şeffild universiteti tadqiqotçilari uşbu effektni qayta yaratiş uçun eritilgan şişaga oltin va kumuşning juda mayda nanozarraçalarini qöşdi. Aralaşma 1 000 darajadan yuqori haroratda eritilib, sovitilgaç, uning içida metall nanozarraçalar şakllandi.
Ular yoruğlik bilan özaro ta’sirlaşib, ranglarning turliça körinişiga sabab böladi. Yoruğlik şişadan ötganda ayrim ranglar tösilib, qizil va töq sariq tuslar körinadi. Yoruğlik yuzadan qaytganda esa qadah yaşil rangda namoyon böladi.
Qadimgi ustalar buni qanday uddalagan
Tadqiqotçilar yaratgan nusxa qadahning yaşil va qizil ranglarini avvalgi tajribalarga qaraganda aniqroq takrorladi. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, yakuniy rang şişani eritiş şaroitlariga, jumladan, uning peç içidagi joylaşuviga ham boğliq bölgan.
Bu qadimgi Rim ustalari murakkab optik xususiyatga ega şişani qanday tayyorlaganini tuşuniş uçun muhim. Biroq tajriba qadahning asl retsepti töliq aniqlanganini anglatmaydi.
Likurg qadahida qadimgi yunon-rim mifologiyasidagi podşoh Likurg tasvirlangan. U şişa san’atining noyob namunalaridan biri hisoblanadi.
Avvalroq astronomlar Markarian 501 galaktikasi markazida bir-biriga juda yaqin joylaşgan ikkita supermassiv qora tuynuk borligiga dalillar topgandi.