Galaktikada uçta faol qora tuynuk aniqlandi

eʼlon qilindi
Katta portlaşdan taxminan 1,2 milliard yil keyingi holatini körsatadi
Foto: SI

Astronomlar Yerdan 12,5 milliard yoruğlik yilidan uzoqda joylaşgan qadimiy galaktikada bir vaqtning özida faol modda yutayotgan uçta ulkan qora tuynukni aniqladi. Kaşfiyot koinotning dastlabki davrlarida qora tuynuklar qanday ösgani va bir-biriga yaqinlaşganini tuşunişga yordam berişi mumkin. Bu haqda Max Planck nomidagi Yerdan taşqari fizika instituti ma’lum qildi.

Qora tuynuklar bir-biridan qançalik uzoqda

J0148-4214 deb nomlangan galaktika koinotning Katta portlaşdan taxminan 1,2 milliard yil keyingi holatini körsatadi. Uning yoruğligi Yerga yetib kelişi uçun qariyb 12,5 milliard yil sarflagan.

Tadqiqotçilar uçta qora tuynukni Jeyms Uebb kosmik teleskopi ma’lumotlari yordamida aniqladi. Ular qora tuynuklar atrofida katta tezlikda harakatlanayotgan vodorod gazidan çiqadigan yoruğlik belgilarini örgandi.

Qora tuynuklarning ikkitasi galaktika markazida joylaşgan bölib, ular orasidagi masofa taxminan 620 yoruğlik yiliga teng. Uçinçi qora tuynuk esa galaktika markazidan qariyb 5 500 yoruğlik yili uzoqda joylaşgan.

Ulardan biri nazariy çegaradan tezroq ösmoqda

Olimlarning hisob-kitoblariga köra, uçta qora tuynukning massasi Quyoş massasidan taxminan 80 million, 600 ming va 2 million baravar katta.

Qiziği, eng katta qora tuynuk modda yutiş böyiça eng faol obyekt emas. Massasi Quyoşnikidan 600 ming baravar katta bölgan qora tuynuk modda töplaşning nazariy çegarasidan ham yuqori tezlikda ösayotgan bölişi mumkin.

Tadqiqotçilar galaktika markazidagi ikkita qora tuynuk kelgusi bir neça yuz million yil içida birlaşişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bunday jarayon yanada ulkan qora tuynuklarning şakllanişiga olib kelişi mumkin.

Kaşfiyot dastlabki koinotda galaktikalar özaro qöşilişi va qora tuynuklarning birlaşişi ularning tez ösişida muhim rol öynagan bölişi mumkinligini körsatadi. Tadqiqot natijalari Astronomy & Astrophysics jurnalida çop etilgan.

Avvalroq astronomlar Markarian 501 galaktikasi markazida bir-biriga juda yaqin joylaşgan ikkita supermassiv qora tuynuk borligiga dalillar topgandi.

Shuningdek