
Meta sun’iy intellekt asosidagi ma’lumotlar tahlili platformasi Sundial’ni sotib oldi. Kompaniya vakili bitimni Axios’ga tasdiqladi, biroq uning moliyaviy şartlari oşkor qilinmadi.
Sundial Meta’ning yangi ma’lumotlar tahlili bölinmasi — Data Analytics Tooling & Agents, qisqaça DATA tarkibiga qöşiladi.
Sundial asosçilari Meta’ga qaytadi
Sundial’ga Meta’ning sobiq xodimlari Julie Zhuo va Çandra Narayanan asos solgan. Zhuo avval Meta’da mahsulot dizayni böyiça vitse-prezident lavozimida işlagan. Narayanan esa Instagram va Sequoia Capital’da analitika yönalişini boşqargan, undan oldin Facebook’da analitika direktori bölgan.
Bitim yakunlangaç, Sundial’ning boşqa xodimlari ham Meta tarkibiga ötadi. Ular orasida kompaniyada avval işlagan mutaxassislar ham bor.
Meta’ning DATA bölinmasi rahbari Alex Sçultzga köra, Narayanan ma’lumotlar tahlili vositalari va AI-agentlar yönalişini boşqaradi.
Sundial nima qiladi
Sundial platformasi kompaniyalarga murakkab ma’lumotlarni tezroq tahlil qiliş imkonini beradi.
Tizim tabiiy tilda berilgan savollarni qabul qilib, katta hajmdagi ma’lumotlardan sodda va amalda foydalaniş mumkin bölgan xulosalarni şakllantiradi. Buning uçun çatbot formatidagi interfeysdan foydalaniladi.
Natijada turli bölimlar markaziy analitika jamoasining javobini kutmasdan ma’lumotlarni mustaqil tahlil qila oladi.
Sundial taşqi mijozlar bilan işlaşni töxtatadi
Bitim yopilgaç, Sundial taşqi kompaniyalarga xizmat körsatişni töxtatadi. Platformaning texnologiyalari Meta’ning içki analitika infratuzilmasiga integratsiya qilinadi.
Sundial 2025-yilgaça jami $23 mln investitsiya jalb qilgan. Şundan $16 mln Series A raundiga töğri kelgan.
Avvalroq «Kursiv» Meta kompaniyasiga rekord darajadagi $25 mlrd jarima belgilangani haqida yozgan edi.