Meta SI uçun $95 mlrdgaça mablağ jalb qilmoqçi

Meta sun’iy intellektni rivojlantirişni moliyalaştiriş uçun 35 mlrd dollarlik aksiyalarni joylaştirişni boşladi. Kompaniya qöşimça ravişda yana 60 mlrd dollargaça mablağ jalb qilişni rejalaştirmoqda. Nvidia, AMD va Broadcom uşbu aksiyalarning 5 mlrd dollargaça bölgan qismini birgalikda sotib olişi mumkin. Bu haqda Oninvest xabar berdi.
Nvidia, AMD va Broadcom sarmoya kiritişi mumkin
Meta joylaştirayotgan 35 mlrd dollarlik aksiyalarning 22,5 mlrd dollari A toifasidagi oddiy aksiyalarga, qolgan 12,5 mlrd dollari esa konvertatsiya qilinadigan imtiyozli aksiyalarga töğri keladi.
Bundan taşqari, kompaniya ovoz beriş huquqiga ega bölmagan yangi C toifasidagi aksiyalarni çiqariş orqali yana 60 mlrd dollargaça mablağ jalb qilmoqçi. Uşbu aksiyalar savdosi 2027-yil yanvarida boşlanişi kutilmoqda.
Bloomberg ma’lumotlariga köra, Nvidia, AMD va Broadcom kompaniyalari Meta aksiyalarini jami 5 mlrd dollargaça sotib olişni rejalaştirmoqda.
Meta sun’iy intellektga xarajatlarni oşirmoqda
Meta 2026-yilda kapital xarajatlari böyiça prognozini ham oşirdi. Kompaniya endi bu maqsadlar uçun 135–145 mlrd dollar sarflaşni kutmoqda. Avvalgi prognoz 130–145 mlrd dollarni taşkil etgan edi.
Kompaniya sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantiriş uçun katta mablağ yönaltirayotgan bir paytda, aksiyalar orqali qöşimça moliyalaştirişni rejalaştirmoqda.
Avvalroq AQŞning Nyu-Meksiko ştati sudi Meta kompaniyasiga Facebook foydalanuvçilari ma’lumotlari bilan boğliq iş doirasida $25 mlrd tölaş majburiyatini yuklagandi.