Milliy filmlarimiz tomoşabin talabiga javob bermayapti — Mirziyoyev

eʼlon qilindi
Milliy filmlarimiz ana şu talabga javob beryaptimi? Afsuski, yöq
Foto: Şerzod Asadov

Prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekfilm» kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uçraşuvda milliy kino sanoatidagi muammolarni sanab ötdi. Davlat rahbarining ta’kidlaşiça, tomoşabinlar kinoteatrlarga borişdan voz keçmagan, biroq milliy filmlar ularning talabiga javob bermayapti. Şuningdek, kino işlab çiqarişdan uni tomoşabinga yetkazişgaça bölgan yaxlit distributsiya tizimi şakllanmagan.

Tomoşabin kinodan voz keçgani yöq

Mirziyoyev ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani sababli odamlar kinoteatrlarga bormay qöygani haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi. Uning qayd etişiça, xorijiy filmlar kinozallarni töldirib namoyiş etilmoqda.

«Demak, tomoşabin kinodan, kinoteatrlarga borişdan voz keçgani yöq, faqat uning didi va talabi özgardi. Milliy filmlarimiz ana şu talabga javob beryaptimi? Afsuski, yöq!» – dedi davlat rahbari.

Prezident buning sabablaridan biri sifatida filmlarni işlab çiqarişdan tortib, tomoşabinga yetkazişgaça bölgan yaxlit zanjir – distributsiya tizimi şakllanmaganini körsatdi.

Kino sohasida davlat buyurtmasi tizimi tanqid qilindi

Davlat rahbari professional kinotanqidçilar fikri bilan yetarliça hisoblaşilmayotganini ham qayd etdi. Uning ta’kidlaşiça, xolis tahlil ijodkorga kamçiliklarini köriş va mahoratini oşiriş imkonini beradi.

Kino loyihalarini moliyalaştirişdagi amaldagi davlat buyurtmasi va xaridi tizimida ham muammolar borligi aytildi. Eskidan qolgan «goszakaz» tizimi zamonaviy kinoindustriya talablariga javob bermayotgani ta’kidlandi.

Xususan, bir rejissorga oltitagaça, bir muallifga esa yettitagaça loyiha biriktirilgan. Bunday yuklama har bir asar ustida puxta işlaşni qiyinlaştiradi. Buyurtmalarning deyarli yarmi davlat studiyalariga berilgani esa xususiy ijodkorlar uçun teng raqobat imkoniyatlarini çeklagan.

Prezidentning fikriça, buning oqibatida kuçli ssenariy va sifatli film yaratişdan köra, topşiriqni tezroq yakunlaş ustuvor vazifaga aylangan.

Filmning natijasi tomoşabinda qoldirgan izi bilan ölçanişi kerak

Mirziyoyev ijodkor mehnatining natijasi tomoşabinni çuqur öyga soladigan va uning qalbida iz qoldiradigan film bilan ölçanişi lozimligini ta’kidladi.

Davlat rahbari ssenariy suratga oliş jarayonida boyitilişi, ijodiy yeçimlar esa özgarişi mumkinligini qayd etdi. Şu sababli san’at asarini oddiy tovar yoki quriliş obyekti kabi texnik topşiriqlar asosida xarid qiliş töğri emasligi körsatib ötildi.

Avvalroq Mirziyoyev kinoga ajratilayotgan pullar haqida gapirgandi.

Shuningdek