Sindarov 425 ming dollarlik turnirda qatnaşadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Birinçi örin sohibi 125 ming dollar oladi
Javohir Sindarov haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar
Foto: Chess.com

Özbekiston grossmeysteri Javohir Sindarov 27 – 29-oktabr kunlari AQŞning Sent-Luis şahrida ötkaziladigan Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026 turnirida qatnaşadi. Musobaqaning umumiy mukofot jamğarmasi 425 ming dollarni taşkil etadi. Birinçi örin sohibi 125 ming dollar oladi. Bu haqda Özbekiston şaxmat federatsiyasi ma’lum qildi.

Sindarov kimlarga qarşi öynaydi

Turnirda jami tört grossmeyster – Javohir Sindarov, Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana va Rameşbabu Praggnanandha iştirok etadi. Har bir şaxmatçi qolgan uç raqibiga qarşi oq va qora donalarda ikki martadan bahs olib boradi. Şu tariqa har bir iştirokçi kuniga oltita, turnir davomida esa jami 18 ta partiya öynaydi. Partiyalar 10 daqiqa va har bir yuriş uçun qöşimça 5 soniya vaqt nazorati asosida ötkaziladi.

Foto: Özbekiston şaxmat federatsiyasi

Har kuni ğalaba uçun beriladigan pul oşib boradi

Turnirning öziga xos jihati şundaki, har bir kun uçun ğalaba va durangga beriladigan oçkolar hamda pul mukofotlari farq qiladi.

  • 27-oktabr: ğalaba uçun 1 oçko va 1 000 dollar, durang uçun yarim oçko;
  • 28-oktabr: ğalaba uçun 2 oçko va 2 000 dollar, durang uçun 1 oçko;
  • 29-oktabr: ğalaba uçun 3 oçko va 3 000 dollar, durang uçun 1 oçko.

Musobaqaning yakuniy natijalariga köra, birinçi örin uçun 125 ming dollar, ikkinçi örin uçun 94 ming dollar, uçinçi örin uçun 72 ming dollar va törtinçi örin uçun 62 ming dollar ajratilgan.

Sindarov uçun jahon çempionligi oldidan sönggi sinov

Mazkur turnir Javohir Sindarov uçun alohida ahamiyatga ega. Bu uning amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju bilan böladigan jahon çempionligi bahsidan oldingi sönggi musobaqasi hisoblanadi.

Turnirning ilk partiyalari 27-oktyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 22:00 da boşlanişi rejalaştirilgan.

Avvalroq şaxmat böyiça 12-jahon çempioni Garry Kasparov 2026-yilgi jahon çempionligi bahsida Hindiston vakili Gukeş Dommarajuning imkoniyatlarini Özbekiston grossmeysteri Javohir Sindarovnikidan yuqoriroq baholagandi.

Shuningdek