Toşkentda havo sifati juda nosoğlom darajaga yetdi

Toşkentda 25-oktabrdan 26-oktabrga ötar keçasi havo sifati yomonlaşdi. Maxsus mobil laboratoriya kuzatuv punktlarining aksariyatida PM2.5 zarraçalari bilan ifloslaniş xalqaro havo sifati indeksi böyiça «nosoğlom» va «juda nosoğlom» darajalarga mos kelişi qayd etildi. Bu haqda Özbekiston Ekologiya va iqlim özgarışı milliy qömitasi xabar berdi.
Havo ifloslanişi keçasi va ertalab yuqori böldi
Qömitaning ma’lumotiga köra, keçki va tungi soatlarda PM zarraçalari miqdori ortib, xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça körsatkiç «noqulay» darajaga yetgan. Milliy indeks böyiça Toşkentda PM2.5 miqdori «sariq», PM10 esa «zarğaldoq» darajada qayd etilgan.
Bunga tunda havo haroratining keskin pasayişi, kuçsiz şamol va kuçli harorat inversiyasi sabab böldi. Bunday şaroitda atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvi çeklanib, mayda zarraçalar yer yuzasiga yaqin hududlarda töplanadi.

Meteosat sun’iy yöldoşi tasvirlarida 26-oktabr soat 00:00 dan 08:00 gaça Toşkent va unga tutaş hududlarda çang kuzatilgan.
Havo sifati bugun ham yomon bölişi mumkin
Qömitaning prognoziga köra, 26-oktabr kuni havo sifati xalqaro AQI böyiça «nosoğlom», milliy indeks böyiça esa «sariq» darajada saqlanişi kutilmoqda.
Mutaxassislar atmosfera havosi sifatini doimiy kuzatib bormoqda. Havo ifloslanişi yuqori bölib turgan paytda, ayniqsa, bolalar, keksa yoşdagilar hamda nafas oliş yoki yurak-qon tomir kasalliklari bor insonlarga taşqaridagi jismoniy faollikni çeklaş tavsiya etiladi.
Avvalroq Toşkent köçalarida çang kötarilişini kamaytiriş maqsadida qariyb 100 ta maxsus texnika yordamida suv purkaş işlari olib borilayotgani haqida xabar berilgandi.