Ar-Riyoddagi jang san’atlari Osiyo öyinlari 2027-yilga köçirildi

27-oktabr 2026 09:13 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Osiyo Olimpiya kengaşi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan VI Yopiq inşootlardagi va jang san’atlari böyiça Osiyo öyinlari 2027-yilga köçirildi. Musobaqalar 28-martdan 8-aprelgaça bölib ötadi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengaşi va musobaqaning mahalliy taşkiliy qömitasi ma’lum qildi.

Dastlab Osiyo öyinlarini 2026-yil noyabrida ötkaziş rejalaştirilgan edi. Taşkilotçilar taşkiliy va logistika masalalarini qayta körib çiqib, milliy olimpiya qömitalari bilan maslahatlaşganidan söng musobaqa sanalarini özgartirişga qaror qilgan.

Musobaqani köçiriş sababi ma’lum qilindi

Taşkilotçilarga köra, sanalarni özgartirişga xalqaro sport taqvimining tiğizligi va imkon qadar köproq mamlakat vakillarining musobaqada qatnaşişini ta’minlaş zarurati sabab bölgan.

Yangi muddat sportçilarning boşqa yirik xalqaro turnirlardagi iştiroki bilan töqnaşuvlarni kamaytirişi kutilmoqda.

Taşkilotçilar tayyorgarlik işlari reja asosida davom etayotganini va sanalarning özgarişi sportçilar uçun qulay şaroit yaratişga qaratilganini ta’kidladi.

4,5 mingdan ortiq sportçilar qatnaşadi

Ar-Riyoddagi musobaqalarda Osiyoning 45 mamlakatidan 4,5 mingdan ortiq sportçi iştirok etişi kutilmoqda. Mazkur öyinlar Saudiya Arabistonida Osiyo Olimpiya kengaşi şafeligida ötkaziladigan ilk köp tarmoqli sport musobaqasi böladi.

18 ta sport turi böyiça bahslar ötkaziladi

VI Yopiq inşootlardagi va jang san’atlari böyiça Osiyo öyinlari dasturiga 18 ta sport turi va 25 ta yönaliş kiritilgan. Ular orasida 3×3 basketbol, futzal, boks, jiu-jitsu, karate, kibersport, aralaş yakkakuraşlar – MMA va şaxmat bor.

Musobaqalarda jami 122 ta medallar jamlanmasi uçun bahs olib boriladi. Dastlab 2026-yil noyabriga belgilangan turnir 2027-yil 28-mart – 8-aprel kunlari Ar-Riyodda ötkaziladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan naşri Saudiya Arabistonidagi aeroportga hujum oqibatida bir kişi halok bölgani haqida yozgan edi.

Shuningdek