
Angliya terma jamoasi va Germaniyaning «Bavariya» klubi hujumçisi Harri Keyn 2026-yil 26-oktabr kuni faoliyatida ilk bor «Oltin töp» mukofotini qölga kiritdi. Bolaligida «Arsenal» akademiyasidan çetlatilgan, professional faoliyatining dastlabki yillarida quyi ligalarda töp surgan futbolçi oradan yillar ötib dunyoning eng nufuzli individual futbol sovriniga sazovor böldi. Kursiv Uzbekistan Keynning bolaligi, futbolga kirib kelişi, «Tottenhem» va «Bavariya»dagi faoliyati hamda şaxsiy hayoti haqida hikoya qiladi.
Harri Keynning bolaligi
Harri Edvard Keyn 1993-yil 28-iyulda Buyuk Britaniya poytaxti Londonning Uoltemstou hududida tuğilgan. Uning otasi Patrik Keyn, onasi esa Kim Keyn. Futbolçining Çarli ismli akasi bor.
Keyn bolaligining katta qismini Şarqiy Londondagi Çingford hududida ötkazgan. Uning futbolga muhabbati juda erta boşlangan. Oilasi yaşagan uy Ridgeway Park yaqinida joylaşgani uçun u köpinça otasi va akasi bilan boğda futbol öynagan.
Keynning xotirlaşiça, otasi darvozabon bölib turgan, u esa akasi bilan soatlab bellaşgan. Akasi undan tört yoş katta bölgani sababli Harri köpinça yoşi kattaroq bolalarga qarşi öynaşiga töğri kelgan. Bu esa uning raqobatga moslaşişida muhim rol öynagan.
Beş yoşida maktabdagi topşiriqlardan birida Keyn kelajakda futbol öynaşni istaşini yozgan. U Larkswood boşlanğiç maktabida öqigan va tanaffuslarda ham futbol öynaşdan çarçamagan. Maktab hovlisida oddiy futbol töpi örniga tennis töpidan foydalanişga ruxsat berilgan. Futbolçining fikriça, kiçik töp bilan maşq qiliş uning texnikasini şakllantirişga yordam bergan bölişi mumkin.
Keynning ilk futbol jamoasi Ridgeway Rovers bölgan. Qiziği, uning bolalikdagi kumiri Devid Bekhem ham aynan şu klubda futbolga ilk qadamlarini qöygan.
Keyinçalik Keyn Angliya futbol assotsiatsiyasining rasmiy saytida e’lon qilingan xotiralarida bolalikdagi maşğulotlari professional faoliyati uçun muhim poydevor bölganini ta’kidlagan.
«Arsenal»dan çetlatilişi va «Tottenhem»ga kelişi
Harri Keynning professional futbol sari yöli bir tekis keçmagan. Sakkiz yoşida u Londonning «Arsenal» klubi akademiyasiga qabul qilingan. Biroq taxminan bir yil ötib, akademiya futbolçi bilan hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilgan.
Uning öşa paytdagi jismoniy imkoniyatlari, jumladan, tezligi va gavdasi klub kutgan talablarga töliq javob bermagan. Bolalikdagi bu muvaffaqiyatsizlik Keyn uçun oğir tajriba bölgan. Şunga qaramay, u futbolni taşlamagan va avvalgi jamoasi Ridgeway Rovers safida maşğulotlarni davom ettirgan.
Keyinçalik Keyn «Tottenhem» klubida ham dastlabki körikdan muvaffaqiyatli öta olmagan. Şundan söng u «Uotford» akademiyasida öz imkoniyatlarini sinab körgan.
Aynan şu davrda muhim voqea yuz bergan. «Uotford» yoşlar jamoasi «Tottenhem»ga qarşi öynagan uçraşuvda Keyn uçta gol urgan. Natijada «Tottenhem» mutasaddilari unga yana qiziqiş bildirgan.
Şu tariqa 11 yoşida Keyn «Tottenhem» akademiyasiga qöşilgan. Biroq asosiy jamoagaça yetib boriş uçun unga yana bir neça yil mehnat qilişga töğri kelgan. 2009/10-yilgi mavsumda 18 yoşgaça bölgan futbolçilar jamoasida 22 uçraşuvda 18 ta gol urişi Keynning professional futbol sari jiddiy qadamlaridan biri bölgan.
Quyi ligalardan boşlangan professional faoliyat
2010-yilda Harri Keyn «Tottenhem» bilan professional şartnoma imzolagan. Biroq öşa davrda asosiy tarkibda doimiy öynaş imkoniyatini qölga kiritiş oson bölmagan.
2011-yil yanvarida u tajriba orttiriş maqsadida «Leyton Orient» klubiga ijaraga berilgan. Angliyaning quyi ligasida iştirok etgan uşbu jamoada Keyn ilk bor muntazam ravişda kattalar futbolida maydonga tuşgan.
Yoş hujumçi dastlabki ijara davrida beşta gol urgan. Eng muhimi, u professional futbolning jismoniy kuraş va yuqori mas’uliyat talab qiladigan muhitini yaqindan körgan.
2011-yil 25-avgustda Keyn Yevropa ligasi doirasida Şotlandiyaning «Harts» klubiga qarşi bahsda «Tottenhem»ning asosiy jamoasidagi debyutini ötkazgan. Keyinçalik futbolçi «Milluoll» klubiga ijaraga yuborilgan. U yerda muvaffaqiyatli öynab, jamoaning mavsumdagi eng yaxşi yoş futbolçisi deb topilgan.
Şundan söng uning faoliyatida «Norviç Siti» va «Lester Siti» jamoalaridagi ijara davrlari bölgan. «Norviç»dagi jarohati rivojlanişiga tösqinlik qilgan bölsa-da, «Lester» safida u yana muhim öyin tajribasiga ega bölgan.
Keyn keyinçalik aynan quyi ligalardagi davr uni ruhan çiniqtirganini, yutqaziş oqibatlari va professional futbolçilarning mas’uliyatini yaxşiroq tuşunişga yordam berganini aytgan.
«Tottenhem»ning asosiy yulduziga aylanişi
Keynning faoliyatidagi haqiqiy buriliş 2014/15-yilgi mavsumga töğri keladi. Hujumçi «Tottenhem»ning asosiy tarkibida muntazam maydonga tuşa boşlagan va özini Angliya Premyer-ligasining xavfli töpurarlaridan biri sifatida namoyon qilgan.
2014/15-yilgi mavsumda u Premyer-ligada 21 ta gol urib, Angliya professional futbolçilar assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yaxşi yoş futbolçisi deb topilgan.
Keyingi mavsumlarda ham uning samaradorligi yuqori bölgan. Keyn 2015/16, 2016/17 va 2020/21-yilgi mavsumlarda Angliya Premyer-ligasining eng yaxşi töpurari sovrinini qölga kiritgan.
U faqat jarima maydonida gol kutadigan klassik hujumçi emas edi. Keyn köpinça maydon markaziga qaytib, hujumlarni taşkil etişda, jamoadoşlariga uzatma berişda va raqib himoyasi orasida böş hududlar yaratişda faol qatnaşgan.
«Bavariya»ga transfer va yangi hayot
2023-yil avgust oyida Harri Keyn faoliyatidagi eng katta qarorlardan birini qabul qildi. U deyarli yigirma yil davomida boğliq bölgan «Tottenhem» tizimini tark etib, Germaniyaning «Bavariya» klubiga ötdi.
Transfer qiymati taxminan 100 mln yevroni taşkil etgani haqida xabar berilgan. Bu «Bavariya» tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylandi.
Angliyalik hujumçining Myunxenga köçişi faqat yangi çempionatga moslaşiş emas, balki faoliyatida jamoaviy sovrinlarni qölga kiritiş imkoniyati ham edi.
Keyn Germaniya Bundesligasida ilk mavsumidanoq yuqori natija körsatdi. 2023/24-yilgi mavsumda 32 uçraşuvda 36 ta gol urib, musobaqaning eng yaxşi töpurariga aylandi.
Uning natijasi Yevropaning eng kuçli milliy çempionatlaridagi töpurarlar orasida ham yetakçi bölişiga imkon berdi. Şu tariqa Keyn faoliyatida ilk bor Yevropa «Oltin butsasi» mukofotini qölga kiritdi. Biroq birinçi mavsumda «Bavariya» Germaniya çempionligini qölga kirita olmadi. Klub 11 yillik ketma-ket çempionlik seriyasini yakunlagan holda mavsumni uçinçi örinda tugatdi.
Uzoq kutilgan ilk çempionlik
Keynning köp yillik sovrinsiz davri 2025-yil may oyida yakunlandi. «Bavariya» Bundesligada çempion bölib, hujumçi professional faoliyatidagi ilk yirik jamoaviy sovrinni qölga kiritdi.
2024/25-yilgi mavsumda u Bundesligada 26 ta gol urdi va ketma-ket ikkinçi bor çempionat töpurariga aylandi. Şuningdek, mavsumning eng yaxşi futbolçisi deb topildi.
Bu Keyn uçun alohida ahamiyatga ega voqea edi. Çunki u «Tottenhem» va Angliya terma jamoasi safida bir neça bor yirik turnirlar finaliga yetib borgan, ammo ğalaba qozona olmagandi.
2025/26-yilgi mavsum esa futbolçining faoliyatidagi eng sermahsul davrga aylandi. Keyn «Bavariya» safida barça musobaqalarda 51 uçraşuv ötkazib, 61 ta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oşirdi.
Myunxen klubi Germaniya çempionati, Germaniya kubogi va mamlakat Superkubogida ğalaba qozondi. Hujumçi esa yana Bundesliganing eng yaxşi töpurari böldi.
Şaxsiy hayoti: bolalikdagi sevgilisi bilan oila qurgan

Harri Keynning şaxsiy hayoti ham uning futbolçilik faoliyati kabi bolalik yillaridan boşlangan uzoq tarixga ega. Uning turmuş örtoği Keti Gudlend bilan tanişuvi maktab davriga borib taqaladi. Ular Londondagi Larkswood boşlanğiç maktabida birga öqigan va bolalikdan bir-birini tanigan.
Keyn va Gudlend ösmirlik davrida sevişişni boşlagan. 2017-yilda futbolçi Bagama orollarida unga turmuş qurişni taklif qilgan. Oradan ikki yil ötib, 2019-yilda ular nikohdan ötgan. Keti Gudlend sport sohasi bilan ham boğliq. U Midlseks universitetida sport fanlari yönalişida tahsil olgan va fitnes mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan.
Keyn turli intervyularida turmuş örtoği uning futbolçilik faoliyatidagi muvaffaqiyatlardan ança oldin yonida bölganini ta’kidlab keladi. Şu jihatdan u oilaviy munosabatlarida bolalikdan şakllangan işonçni muhim deb biladi.
Eslatib ötamiz, «Oltin töp» marosimi qanday ötgani haqida yozgan edi.