Eron elçixonalari norozilik notasidan söng Samarqand haqidagi postlarini öçirdi

Eronning Armaniston, Xitoy va Zimbabvedagi elçixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosiga oid postlarini X tarmoğidan öçirib taşladi. Bu Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Eron tomoniga norozilik notasi topşirib, bahsli postlarni öçirişni talab qilganidan söng yuz berdi.
Eron elçisi TIVga çaqirilgan edi
23-oktabr kuni Eronning Özbekistondagi elçisi Muhammad Ali Iskandariy Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirilib, unga norozilik notasi topşirilgandi.
TIV Eronning ayrim diplomatik vakolatxonalari Samarqandning tarixiy va madaniy merosini «biryoqlama va siyosiy maqsadlarda» talqin qilganini bildirgan.
Vazirlik Eron tomonidan uşbu postlarni öçiriş va kelgusida şunday holatlarga yöl qöymaslikni talab qilgan.
«Siz turgan joy fors sivilizatsiyasining bir qismi»
Bahsli postlar AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning 19-oktabr kuni Samarqanddagi Registon maydonida yozib olingan çiqişiga javoban e’lon qilingan edi.
Rubio öz videosida Samarqandning jahon savdosi va tijoratidagi tarixiy örniga e’tibor qaratgan. Eron diplomatik vakolatxonalaridan biri unga javoban:
«Siz turgan joy fors sivilizatsiyasi va me’morçiligining bir qismidir», – deb yozgan edi.
Postda Rubioning Afinadagi Akropol yonida fors sivilizatsiyasi haqida bildirgan fikrlari ham tanqid qilingan.
Özbekiston Samarqand merosi böyiça pozitsiyasini bildirdi
Taşqi işlar vazirligi Samarqand, Buxoro, Xiva va Özbekistonning boşqa tarixiy şaharlaridagi meros köp asrlik tarixiy-madaniy rivojlaniş natijasi ekanini ta’kidlagan.
«Samarqandning tarixiy va madaniy qiyofasi özbek xalqining köp asrlik tarixi, davlatchilik an’analari va madaniy taraqqiyotini aks ettiradi», – deyiladi TIV munosabatida.
Şuningdek, vazirlik diplomatik vakolatxonalarning rasmiy kanallaridagi materiallar özaro hurmat va işonç tamoyillariga mos bölişi, tarixiy va madaniy masalalarning siyosiylaştirilişiga olib kelmasligi kerakligini qayd etgan.
Bahsli postlar öçirildi
Norozilik notasidan söng Eronning Armaniston, Xitoy va Zimbabvedagi elçixonalari X tarmoğidagi Samarqandga oid bahsli postlarini öçirgan.
Özbekiston TIV mamlakat Eron bilan özaro hurmat va işonçga asoslangan munosabatlarni qadrlashini, ayni paytda Özbekistonning tarixiy-madaniy merosini biryoqlama talqin qilişga qarşi prinsipial pozitsiyada qolişini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Kursiv» naşri AQŞ Eronga qarşi yangi sanksiyalar joriy etilgani haqida xabar bergan edi.