Xorijda işlayotgan özbekistonlik şifokorlarga 50 mln sömgaça ustama beriladi

Xorijiy klinikalarda tajriba töplagan özbekistonlik şifokorlarni mamlakatdagi tibbiyot muassasalariga jalb qiliş uçun yangi tizim joriy etiladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Köksaroy qarorgohida soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvda ma’lum qildi.
Yangi tizim doirasida çet elda işlayotgan malakali vatandoş şifokorlarga Özbekistondagi faoliyati uçun oyiga 50 mln sömgaça qöşimça ustama tölanadi.
Şifokorlarga öz jamoasini tuziş imkoniyati beriladi
Prezidentning ta’kidlaşiça, asosiy maqsad xorijiy tajribaga ega mutaxassislarni şunçaki işga taklif qiliş emas, balki ularning Özbekistonda öz professional maktabini yaratişi uçun şaroit yaratişdan iborat.
«Biz ularni özimizdagi şifoxonalarga olib kelib, Yangi Özbekiston tibbiyotida öz maktabini yaratişiga xizmat qiladigan yangi tizimni yölga qöyamiz», – dedi davlat rahbari.
Jalb etilgan mutaxassislarga atrofida kuçli tibbiy jamoa şakllantiriş huquqi beriladi.
Ular birga işlaydigan şifokorlar, assistentlar va hamşiralarni mustaqil tanlaşi mumkin böladi.
Iş joylari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi
Xorijdan qaytib keladigan mutaxassislar faoliyat yuritadigan iş joylarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlaş közda tutilgan.
Şuningdek, ularning nufuzli xalqaro konferensiyalarda iştirok etişi va xorijdagi hamkasblari bilan muntazam tajriba almaşişi uçun xarajatlar qoplanadi.
Bu orqali çet elda özlaştirilgan zamonaviy diagnostika va davolaş usullarini Özbekiston tibbiyot tizimiga tezroq olib kiriş rejalaştirilmoqda.
Har bir markaz 5 – 10 nafar şifokorni jalb qiladi
Yangi tizim dastlab respublikadagi 26 ta ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazida yölga qöyiladi.
Har bir markaz direktoriga 2027-yilda xorijda işlayotgan 5 – 10 nafardan vatandoş şifokorni Özbekistonga jalb qiliş vazifasi yuklatiladi.
Şu tariqa faqat 26 ta markazning özida kelasi yil kamida 130 nafar va köpi bilan 260 nafar xorijiy tajribaga ega özbekistonlik mutaxassisni jalb qiliş imkoniyati yuzaga keladi.
Markazlar direktorlariga ham yangi talablar qöyiladi
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2027-yildan 26 ta ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazi direktori bilan bir yillik kontrakt asosida işlaş tizimi joriy etilişi haqida yozgan edi.
Har bir direktor sohaga yangilik kiritiş, quyi böğindagi tibbiyot xodimlari malakasini oşiriş va ilmiy işlanmalarni amaliyotga joriy etiş böyiça aniq majburiyat oladi.
Direktorlar yil yakunida jamoatçilik oldida hisobot beradi. Kontraktni uzaytiriş esa ularning erişgan natijalariga qarab hal etiladi.