
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi hujumçisi Lamin Yamal 2026-yilgi «Oltin töp» ovoz berişida uçinçi örinni egallaganidan söng kelajakda uşbu sovrinni qölga kiritişiga işonişini bildirdi.
19 yoşli futbolçi natijani xotirjam qabul qilganini va asosiy e’tiborini «Barselona» bilan sovrinlar yutişga qaratişini ta’kidladi.
«Har narsaning öz vaqti bor. Yaxşi narsalar sabr talab qiladi va men bosqiçma-bosqiç qurayotgan yölimga töliq işonaman. Şoşilişga heç qanday sabab yöq. Bir kun kelib mening ham vaqtim kelişiga umidim va qat’iy işonçim bor», – dedi Yamal.
U, şuningdek, marosim ğoliblarini tabriklab, endi butun e’tiborini klubiga yordam berişga qaratişini aytdi.
Yamal uçinçi örinni egalladi
2025/26-yilgi mavsum yakunlariga köra, «Oltin töp» sovrini «Bavariya» hujumçisi Harri Keynga nasib etdi.
Ikkinçi örinni Kilian Mbappe, uçinçi örinni esa Lamin Yamal egalladi. Şunga qaramay, Yamal individual mukofotsiz qolmadi. France Football uni ketma-ket uçinçi marta yilning eng yaxşi yoş futbolçisi deb topdi.
France Football Yamalga nima yetişmaganini tuşuntirdi
France Football boş muharriri Vensan Garsiya Yamalning ovozlari Ispaniya terma jamoasining boşqa yetakçi futbolçilari bilan bölinib ketganini qayd etdi.
Xususan, Ispaniya terma jamoasi vakillariga berilgan ovozlarning bir qismi Yamal va törtinçi örinni egallagan Rodri örtasida taqsimlangan.
Bu holat Yamalning umumiy ovozlar soniga ta’sir qilgan omillardan biri sifatida körsatilgan.
De la Fuente ham Yamalni qöllab-quvvatladi
Ispaniya terma jamoasi boş murabbiyi Luis de la Fuente ham Yamal kelajakda «Oltin töp»ni bir neça bor qölga kiritişi mumkinligini aytdi.
Şu bilan birga, u Yamal uçun jamoaviy sovrinlar individual mukofotlardan ustun turişini ta’kidladi.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Harri Keyn haqida maqola e’lon qilgan edi.