Ispaniyada uç kunlik motam e’lon qilindi

Ispaniyada ikki tezyurar poyezd töqnaşuvi oqibatida kamida 68 kişi halok bölgaç, mamlakatda uç kunlik motam e’lon qilindi.
Halokat 28-oktabr kuni Toledo provinsiyasidagi Urda şahri yaqinida, Madrid–Sevilya yönalişida yuz bergan. Önlab odamlar jarohatlangan.
Uç kunlik motam boşlandi
Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes halokatdan söng butun mamlakat böylab uç kunlik motam e’lon qildi.
Uning sözlariga köra, hodisa köplab oilalarga oğir yöqotiş olib keldi.
«Butun Ispaniya motam tutmoqda. Odamlarning hayoti barbod böldi, oilalar ayrildi, oğriq juda katta», — dedi Sançes.
Motam kunlari davomida qurbonlar xotirasiga hurmat bajo keltiriladi.
68 kişi halok böldi
Dastlabki ma’lumotlarga köra, xususiy Iryo kompaniyasiga tegişli poyezd texnik nosozlik sabab yölda töxtab qolgan.
Şundan söng davlatga qaraşli Renfe kompaniyasining tezyurar poyezdi uning orqa qismiga kelib urilgan.
Zarba oqibatida bir neça vagon relsdan çiqib ketgan, ayrimlari esa yonbağirga qulagan. Iryo poyezdida 147 nafar, Renfe poyezdida esa 397 nafar yölovçi bölgan.
Qutqaruv işlari tun böyi davom etdi
Favqulodda xizmatlarning yuzlab xodimlari hodisa joyida tun davomida iş olib bordi. Qutqaruvçilar vayron bölgan vagonlarni kesib oçib, yölovçilarni qidirgan. Operatsiyaga dron va vertolyotlar ham jalb qilingan. Qurbonlarning ayrimlari hali identifikatsiya qilinmoqda.
Halokat sababi tekşirilmoqda
Ispaniya rasmiylari avariya sabablarini aniqlaş böyiça tergov boşlagan. Dastlabki ma’lumotlarda Iryo poyezdi kompyuter tizimidagi nosozlik tufayli töxtagani aytilmoqda.
Şuningdek, dispetçerlik markazining poyezdlar harakatini davom ettiriş haqidagi qarori ham tekşirilmoqda. Rasmiylar hodisaning yakuniy sababini hozirça e’lon qilmagan.
Avvalroq «Kursiv» poyezd töqnaşuvi oqibatida 46 kişi halok bölgani haqida yozgan edi.