Özbekiston va Turkiya biznes kengaşini tuziş töğrisida bitim imzoladi

eʼlon qilindi
Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşni ta’sis etiş töğrisidagi bitim
Foto: Özbekiston prezidenti matbuot xizmati

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan ikki mamlakat örtasida Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşni ta’sis etiş töğrisidagi bitimni imzoladi. Hujjat Anqaradagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida imzolandi. Bu haqda Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Savdo va ijtimoiy ta’minot böyiça hujjatlar imzolandi

Muzokaralar yakunida ikki mamlakat örtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolandi. Ular orasida:

  • Imtiyozli savdo bitimi doirasida tovarlar röyxatini kengaytiriş töğrisidagi bayonnoma;
  • Ijtimoiy ta’minot töğrisidagi hukumatlararo bitim va uni amalga oşiriş böyiça ma’muriy bitim;

Davlat çegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining ötişi haqida oldindan axborot almaşiş töğrisidagi bayonnomaga özgartirişlar kirituvçi qöşimça bayonnoma bor.

Hujjatlar nimaga xizmat qiladi

Imzolangan hujjatlar Özbekiston va Turkiya örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, tadbirkorlar uçun qulay şaroitlar yaratiş hamda ikki mamlakat fuqarolarining ijtimoiy huquqlarini himoya qilişga qaratilgan.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşib, ikki mamlakat örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklikni yanada çuqurlaştiriş masalalarini muhokama qilgandi.

Shuningdek