Mirziyoyev Turkiy turizm alyansini tuzişni taklif qildi

eʼlon qilindi
ID-karta orqali özaro safar qiliş imkoniyati
Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar örtasida Turkiy turizm alyansini taşkil etiş va fuqarolarning ID-karta orqali özaro safar qiliş imkoniyatlarini kengaytirişni taklif qildi. Bu haqda davlat rahbari 30-oktabr kuni Anqarada bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida sözlagan nutqida ma’lum qildi.

Turkiy turizm alyansi taşkil etilişi mumkin

Mirziyoyev turkiy davlatlarning tarixiy şaharlari, tabiati, madaniyati va mehmondöstlik an’analarini dunyoga birgalikda tanitiş zarurligini ta’kidladi.

Prezidentning qayd etişiça, 2022-yilda turkiy davlatlarga 40 milliondan ortiq xorijiy sayyoh taşrif buyurgan. Şu salohiyatdan töliq foydalaniş maqsadida Turkiy turizm alyansini taşkil etiş vaqti kelgan.

ID-karta orqali safar qiliş imkoniyatlari kengaytiriladi

Davlat rahbari fuqarolarning özaro safarlari töğrisida köp tomonlama bitim işlab çiqişni ham taklif qildi.

Unga köra, hujjatda ID-karta asosida safar qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, çegaradan ötiş va mezbon davlat hududida böliş tartiblarini soddalaştiriş masalalari aks etişi kerak.

Avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar yetakçilari uçun taşkil etilgan madaniy dasturda iştirok etgandi.

Shuningdek