Quvaytda özbekistonlik muhandislarga 2,4 ming dollargaça maoşli iş taklif qilindi

Kuvaytdagi Al-Ahleia Switçgear Co. kompaniyasi elektr muhandisligi yönalişida tajribaga ega özbekistonlik mutaxassislarni işga taklif qilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Vakansiya böyiça oylik iş haqi $1 150 dan $2 400 gaça etib belgilangan. Jami 10 ta böş iş örni mavjud. Nomzodlar Testing & Commissioning Engineer — sinov va işga tuşiriş böyiça muhandis lavozimida faoliyat yuritadi.
Nomzodlardan kamida 8 yillik tajriba talab qilinadi
Vakansiya elektr energetikasi va elektr podstansiyalari yönalişiga tegişli. Nomzod elektr muhandisligi böyiça oliy ma’lumotga ega bölişi, elektr podstansiyalarida sinov va işga tuşiriş işlarida kamida sakkiz yillik tajribaga ega bölişi kerak.
Şuningdek, elektr uskunalari va himoya relelarini sinovdan ötkaziş böyiça bilim va könikmalar talab etiladi.
Iş beruvçi 35 yoşgaça bölgan, ingliz tilini erkin biladigan va jismonan soğlom erkak nomzodlarni körib çiqadi.
Haftasiga 48 soat işlanadi
Iş vaqti haftasiga 48 soatni, oyiga esa kamida 208 soatni taşkil qiladi. Mehnat şartnomasi muddatsiz tuziladi. Tanlov onlayn suhbat orqali amalga oşiriladi.
Viza va aviaçipta xarajatlari qoplanadi
Iş beruvçi iş ruxsatnomasi va viza xarajatlarini öz zimmasiga oladi. Şuningdek, Quvaytga boriş uçun aviaçipta, aeroportdan turar joygaça va iş joyiga transport, tibbiy hamda baxtsiz hodisalardan suğurta, maxsus iş kiyimi va himoya vositalari taqdim etiladi.
Kamida ikki yil işlagan xodimning qaytiş aviaçiptasi ham kompaniya tomonidan qoplanadi. Turar joy va ovqatlaniş xarajatlari esa xodimning özi tomonidan tölanadi.
Arizalar 2-noyabrgaça qabul qilinadi
Vakansiyaga ariza topşiriş muddati 2-noyabr kuni yakunlanadi. Nomzodlar arizani xorijdaiş.uz portalidagi vakansiya sahifasi orqali topşirişi mumkin.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Xorvatiya özbekistonlik quruvçilarni işga jalb qiliş dasturini boşlayotgani haqida yozgan edi.