Suv qimmatlaşmoqda: bir metr kub suv narxiga nimalar kiradi

Özbekistonda Andijon, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toşkent viloyatlarida, şuningdek, Çimgan-Çorboğ magistral suv ta’minoti korxonasida içimlik suvi tariflari oşirildi. Bir metr kub suv narxi qanday şakllanadi va tariflarni kim tasdiqlaydi? Bu haqda «Özsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.
Bir metr kub suv narxiga nimalar kiradi?
«Özsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati Suv ta’minoti va oqav suv hisobga oliş va sotiş boşqarma boşlig‘i Abror Rayimqulovning aytişicha, içimlik va oqova suv xizmatlari tariflarini şakllantirişda bir neçta asosiy xarajatlar hisobga olinadi:
«Elektr energiyasi, xodimlar iş haqi, suvni tozalaşda foydalaniladigan reagentlar, soliqlar, xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan kreditlarni qaytariş hamda tarmoqlarni ta’mirlaş va saqlaş xarajatlari Suv ta’minoti tizimidagi xarajatlar tarkibiga kiradi. Elektr energiyasi 27 foizni, iş haqi 29 foizni taşkil etadi. Xalqaro kreditlarni qaytariş xarajatlariga 15 foiz, ta’mirlaş işlariga 10 foiz töğri keladi. Qolgan 19 foiz amortizatsiya va boşqa xarajatlardan iborat».
Abror Rayimqulovning tuşuntirişiça, tarif faqat suvni iste’molçiga yetkazib beriş xarajatlaridan iborat emas. Uning narxiga suvni tozalaş, infratuzilmani işlatiş va ta’mirlaş, şuningdek, kredit majburiyatlarini bajariş bilan boğliq sarf-xarajatlar ham kiritiladi.
Tariflar qanday tasdiqlanadi?

Abror Rayimqulovning aytişiça, tariflarni şakllantiriş jarayoni qonunçilik bilan tartibga solingan. Dastlab suv ta’minoti korxonasi xizmat tannarxi va iqtisodiy körsatkiçlaridan kelib çiqib, iqtisodiy asoslangan tarif taklifini işlab çiqadi. Keyin taklif hududiy moliya boşqarmalariga yuboriladi. Ular korxonaning iqtisodiy ahvoli, xarajatlari va rentabelligini örganib, tarif böyiça xulosa beradi. Şu sababli korxona taklif qilgan narx har doim ham töliq tasdiqlanmaydi.
«Masalan, korxona bir metr kub suv uçun 5 ming söm tarif taklif qilişi mumkin. Hududiy moliya boşqarmasi esa korxonaning iqtisodiy ahvoli va tarifning özini qoplaş imkoniyatini hisobga olib, uni 3 ming, 4 ming yoki 4,5 ming söm etib belgilaşni tavsiya qilişi mumkin. Bunda iste’molçilarga yengillik yaratiş maqsadida rentabellik darajasi ham hisobga olinadi», – deydi Abror Rayimqulov.
Hududiy moliya boşqarmalarining xulosasidan keyin tarif loyihasi regulation.gov.uz portalida jamoatçilik muhokamasiga joylaştiriladi. Muhokama 15 kun davom etadi. Şu vaqt içida fuqarolar tarif nima sababdan va qança miqdorda oşirilayotgani bilan tanişib, öz fikr va takliflarini bildirişi mumkin.
Tariflar xalq deputatlari Kengaşida körib çiqiladi
Muhokama yakunlangaç, loyiha tegişli hududdagi xalq deputatlari kengaşiga kiritiladi. Toşkent şahrida bu masalani xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi, Qoraqalpoğiston Respublikasida esa Jöqorği Kenges körib çiqadi.
«Tariflar xalq deputatlari kengaşida körib çiqiladi. Deputatlar taklifni ma’qullasa, tegişli qaror qabul qilinadi. Agar e’tirozlar bölsa, loyiha qayta körib çiqilişi mumkin. Ya’ni suv ta’minoti korxonasi taklifni işlab çiqadi, moliya boşqarmasi uni örganadi, yakuniy qarorni esa xalq vakillari qabul qiladi», – deydi Rayimqulov.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan suvdan qarzdorlar elektr uçun tölov qilolmasligi mumkinligi haqida xabar bergan edi.