
Xpeng avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniyasi Xitoyda yangi Xpeng Mona L05 örta ölçamli krossoverini sotuvga çiqardi.
Model töliq elektr va yuriş zaxirasini oşiruvçi benzin generatoriga ega EREV versiyalarida taklif etiladi. Avtomobilning boşlanğiç narxi 144,8 ming yuan yoki taxminan $21 720ni taşkil qiladi. Çeklangan muddatli çegirmalar bilan esa narx $20 970 dan boşlanadi.
EREV versiyasi 1 194 km masofa bosib ötgan
Xpeng Mona L05’ning töliq elektr versiyasi orqa öqda joylaşgan 183 kVt yoki 245 ot kuçiga ega elektromotor bilan jihozlangan. Model 58,2 va 71,1 kVt/soat siğimli LFP akkumulyatorlari bilan taklif etiladi. CLTC standartiga köra, yuriş zaxirasi konfiguratsiyaga qarab 535–635 kmni taşkil qiladi.

EREV versiyada ham 245 ot kuçiga ega elektromotor işlatiladi. U 37,2 kVt/soat siğimli LFP batareya va 1,5 litrli atmosferali benzin dvigateli bilan jihozlangan.
Elektr energiyasining özi bilan EREV versiyasi CLTC böyiça 310 km yurişi mumkin. Avvalroq real şaroitdagi sinovda avtomobil bir quvvatlaş va yoqilği bilan 1 194 km masofani bosib ötgan.
17,3 dyuymli ekran va 26,8 dyuymli proyeksiya
Salon markazida 17,3 dyuymli asosiy multimedia ekrani örnatilgan. An’anaviy asboblar paneli örniga 26,8 dyuymli head-up display qöllanadi. Orqa yölovçilar uçun şiftga örnatilgan yana bir 17,3 dyuymli ekran mavjud.
Avtomobilda 20 ta dinamikli audiosistema, 14 nuqtali massaj funksiyasiga ega old yölovçi örindiği va «Xiao P» ovozli yordamçisi ham bor. Ovozli yordamçi xitoy va ingliz tillarini tuşunadi.
1 500 TOPS quvvatli haydovçi yordamçisi
Mona L05 Xpenğning Navigate On Autopilot tizimini qöllab-quvvatlaydi. U avtomobilga belgilangan manzildan ikkinçi manzilgaça harakatlanişda yordam bera oladi.
Biroq haydovçi jarayonni doimiy nazorat qilişi va zarur holatda boşqaruvni öz qöliga olişga tayyor turişi kerak.
Eng yuqori konfiguratsiyada ikkita Xpeng Turing çipi işlatiladi. Ularning umumiy hisoblaş quvvati 1 500 TOPSni taşkil qiladi.

Bagaj hajmi 1 913 litrgaça yetadi
Xpeng Mona L05 uzunligi 4 870 mm, kengligi 1 930 mm va balandligi 1 636 mm. Ğildirak bazasi 2 940 mmni taşkil qiladi.
Asosiy bagaj hajmi 702 litr. Orqa örindiqlar buklanganda bu körsatkiç 1 913 litrgaça oşadi.
Töliq elektr versiyada qöşimça 102 litrli old bagaj ham mavjud. Salonda jami 41 ta saqlaş joyi közda tutilgan.
Narxi $26 520 gaça
Xpeng Mona L05’ning elektr versiyalari 144,8 ming yuandan 176,8 ming yuangaça, EREV modifikatsiyalari esa 154,8 ming yuandan 166,8 ming yuangaça baholangan.
Bu taxminan $21 720–26 520 oraliğiga teng.
Çeklangan muddatli çegirmalarni hisobga olganda, modelning narxi 139,8–171,8 ming yuan yoki $20 970–25 770ni taşkil qiladi.
Xpeng ma’lumotlariga köra, kompaniya 2026-yil yanvar–sentabr oylarida 224 286 ta avtomobil yetkazib bergan. Mona L05 yilning sönggi çoragida brend savdolarini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Xpeng Mona L05 avtomobili qanday narxda sotilişi haqida yozgan edi.