Özbekistonda suyultirilgan gaz narxi 2,5 baravar oşadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
gaz
Uning bir kilogrammi amaldagi 2 000 sömdan 5 000 sömgaça qimmatlaşadi
Foto: depositphotos

Özbekistonda 2026-yil 15-noyabrdan aholi uçun suyultirilgan gaz narxi 2,5 baravar oşiriladi. Uning bir kilogrammi amaldagi 2 000 sömdan 5 000 sömgaça qimmatlaşadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 31-oktabrdagi 602-sonli qarorida belgilangan.

Yangi tarifga köra, 20 kilogrammlik gaz ballonining narxi 40 ming sömdan 100 ming sömga yetadi. Şu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga xarajatlarning bir qismini qoplaş uçun kompensatsiya ajratiladi.

Kompensatsiyani kimlar oladi?

Hukumat qaroriga köra, 2030-yil 1-yanvargaça ayrim oilalarga suyultirilgan gaz xarajatlari uçun har kilogrammiga 3 000 sömdan kompensatsiya tölanadi. Bunda oyiga köp bilan 20 kilogramm gaz hisobga olinadi. Natijada maksimal kompensatsiya 60 ming sömni taşkil etadi.

Uşbu yordam Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, reyestrda bölmagan, biroq belgilangan ehtiyojmandlik mezonlariga javob beradigan xonadonlar hamda yetim yoki ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar ya­şaydigan oilalarga beriladi.

Reyestrga kiritilmagan oilalar uçun jon boşiga töğri keladigan örtaça oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravaridan oşmasligi kerak.

Kompensatsiya oliş uçun Davlat xizmatlari markazlari, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari, mahalladagi ijtimoiy xodim, my.gov.uz portali yoki «Ijtimoiy karta» mobil ilovasi orqali ariza topşiriş mumkin.

Gaz xarid qilingani tasdiqlangandan keyin mablağlar fuqarolarning ijtimoiy kartalariga ötkaziladi. Kompensatsiya oliş huquqi saqlangan taqdirda har oy qayta murojaat qiliş talab etilmaydi.

Gaz narxi nega oşirilmoqda?

Hukumatning izohiga köra, amaldagi narxlar aholini suyultirilgan gaz bilan öz vaqtida ta’minlaş uçun yetarli emas.

Özbekistonda suyultirilgan gazdan foydalanuvçi qariyb 4 million iste’molçi mavjud. Gaz ballonlarini yetkazib beriş örtaça 30 – 35 kunni taşkil etsa-da, ayrim hududlarda bu muddat 50 – 70 kundan oşib ketgan.

Natijada ayrim xonadonlar qöşimça gazni bozor narxida, ya’ni kilogrammini 11 mingdan 13,5 ming sömgaça sotib olişga majbur bölmoqda.

Hukumat hisob-kitoblariga köra, mamlakatda suyultirilgan gaz işlab çiqariş 2023 – 2026-yillarda 883 ming tonnadan 803 ming tonnaga kamayişi, import esa 19 ming tonnadan 713 ming tonnaga yetişi kutilmoqda.

Şu bilan birga, 5000 sömlik yangi tarif ham bozor narxini töliq aks ettirmaydi. Davlat suyultirilgan gaz ta’minotini subsidiyalaşda davom etadi.

Qarorga muvofiq, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda 2027-yil 1-maygaça suyultirilgan gaz narxlarini erkinlaştiriş böyiça takliflar işlab çiqişi kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan respublika böylab 3 mingdan ortiq gaz ballonlari noqonuniy muomaladan olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek