Andijon va Toşkentda energiya öğirligi köproq aniqlanmoqda — Özenergoinspeksiya

2026-yilning dastlabki töqqiz oyida Özbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish böyiça 3 060 ta holat aniqlanib, yetkazilgan zarar 900,3 mlrd söm deb baholandi. Bu haqda 4-noyabr kuni «Özenergoinspeksiya» tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar bermoqda.
Elektr va gaz böyiça zarar 900 mlrd sömdan oşgan

«Özenergoinspeksiya» boşliği Axadxon Isoqjonov anjumanda joriy yilgi nazorat natijalari, energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş holatlari, energiya auditi hamda tadbirkorlarning elektr va gaz ta’minoti bilan boğliq murojaatlari haqida ma’lumot berdi:
«Joriy yilning şu vaqtiga qadar Özenergoinspeksiya tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş böyiça 3 060 ta holat aniqlandi. Buning natijasida 144,3 mln kub metr tabiiy gaz va 243,1 mln kVt·soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş hisobiga jami 900,3 mlrd sömlik zarar yetkazilgani ma’lum böldi».
Şuningdek, tadbirkorlik subyektlarining hisob-kitoblarini qayta körib çiqiş natijasida elektr energiyasi uçun 5,3 mlrd söm, tabiiy gaz uçun esa 19,1 mlrd söm ortiqça hisoblangan mablağ qayta hisob-kitob qilingan.
Şuningdek, öqing: 2,46 mlrd sömlik elektrdan noqonuniy foydalaniş aniqlandi
Elektr energiyasi böyiça qoidabuzarliklar qayerda köp?
Özenergoinspeksiya boşqarma boşliği Botirjon Yakubov elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari va yetkazilgan zarar miqdori qaysi hududlarda yuqori ekanini ma’lum qildi:
«Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanişda eng köp qoidabuzarlik va katta miqdordagi zarar Andijon, Qaşqadaryo, Samarqand viloyatlari hamda Toşkent şahri hissasiga töğri keladi. Eng kam holatlar esa Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida aniqlanadi».
Biroq anjumanda uşbu hududlarning har biri böyiça holatlar soni va yetkazilgan zararning aniq miqdori oçiqlanmadi.
Bu qiziq: 199 tadbirkorga gaz va elektr uçun ortiqça tölov yozilgan — Özenergoinspeksiya
Sirdaryoda 37 ta holat — 34 mlrd sömlik zarar
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş qaysi hududlarda köproq uçrayotgani haqida inspeksiya boşqarma boşliği Dilşodjon Karimov ma’lumot berdi:
«Tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari soni böyiça Andijon, Buxoro, Namangan va Farğona viloyatlari hamda Toşkent şahrida yuqori körsatkiç qayd etilgan. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida esa holatlar nisbatan kam. Biroq holatlar soni zarar miqdorini har doim ham aks ettirmaydi. Masalan, Sirdaryo viloyatida 37 ta holat aniqlangan bölsa, yetkazilgan zarar 34 mlrd sömni taşkil qilgan. Ya’ni holatlar soni kam bölgan hududlarda ham tabiiy gazdan yirik miqdorda noqonuniy foydalaniş uçraydi».
7,8 ming tonna sifatsiz neft mahsuloti aniqlandi

Neft mahsulotlari sifati böyiça ötkazilgan nazoratlarda AYoQŞ va korxonalardan olingan namunalar orasida 330 ta holatda 7 828,3 tonna sifatsiz neft mahsuloti aniqlangan. Ular sotuvdan çiqarilgan.
Elektr energetika tizimidagi korxonalarda işlarning xavfsiz taşkil etilişi böyiça 366 marta örganiş ötkazilgan. Natijada 168 ta brigadaning işi töxtatilgan, 121 nafar mas’ul xodimga intizomiy jazo qöllanilgan.
6 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilindi
Matbuot anjumani materiallarida inspeksiya tizimidagi içki qoidabuzarliklar haqida ham ma’lumot berildi. Hududiy boşqarmalar faoliyatini örganiş jarayonida tadbirkorlik subyektlarida notöğri tekşiruvlar ötkaziş, bodi-kameralardan foydalanish hamda davlat xizmatlarini körsatişda ruxsatnoma va xulosalar beriş bilan boğliq kamçiliklar aniqlangan. Natijada 6 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan, yana 20 nafar xodimga intizomiy jazo qöllanilgan.
Avvalroq Quvasoyda 1,8 mlrd sömlik elektrdan noqonuniy foydalaniş holati aniqlangani haqida xabar bergan edi.