Buxorodagi yangi aeroportni Mustaqillik bayramigaça oçiş topşirildi

Buxoroda qurilayotgan yangi xalqaro aeroport va unga olib boruvçi avtomobil yöli 2027-yil Mustaqillik bayramiga qadar foydalanişga topşiriş buyurildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qiymati $300 mln bölgan yangi aeroport bir vaqtning özida 20 ta samolyot va 1,2 ming nafar yölovçiga xizmat körsata oladi.
Loyiha doirasida aeroportni Buxoro markazi bilan boğlaydigan 24 kilometrlik avtomobil yöli barpo etiladi. Şuningdek, jamoat transporti qatnovini yaxşilaş uçun avtobuslarga möljallangan 5,5 kilometrlik alohida BRT yölagini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Davlat rahbarining ta’kidlaşiça, yangi infratuzilma Buxoroga kelişni mahalliy va xorijiy sayyohlar uçun qulaylaştirib, viloyatning transport va tranzit salohiyatini oşiradi.
Yiğilişda Buxoroga xalqaro aviaqatnovlar sonini köpaytiriş masalasi ham körib çiqildi. Jumladan, Turkiyaning Pegasus aviakompaniyasi Buxoroga töğridan töğri parvozlarni yölga qöymoqda.
2027-yilda esa Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahrayn bilan muntazam hamda çarter aviaqatnovlarni taşkil etiş böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berildi.
Yangi aeroport loyihasi haqida
Buxoro xalqaro aeroporti Buxoro tumanidagi Qumsulton massivida davlat-xususiy şeriklik asosida barpo etilmoqda.
Loyihaga köra, maydoni 48,5 ming kvadrat metr bölgan yölovçi terminali quriladi. U xalqaro reyslarda soatiga 1,2 ming, içki qatnovlarda esa 400 nafar yölovçiga xizmat körsatiş quvvatiga ega böladi.
Şuningdek, keytering binosi, avtoturargohlar, yuklarga xizmat körsatiş maydonlari va 8 ming kub metr siğimga ega yonilği majmuasi barpo etiş rejalaştirilgan.
Aerodrom infratuzilmasi davlat tasarrufida qoladi. Xususiy şerik esa yölovçi terminali va unga tegişli infratuzilmani quriş hamda boşqariş uçun mas’ul böladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buxoroda $300 mlnlik yangi xalqaro aeroport qurilişi haqida xabar bergan edi. Şuningdek, naşr aeroport uçun 370 gektar yer ajratilgani va loyiha böyiça tender e’lon qilingani haqida ham yozgan.