Heç kim kafolat bermaydi — Şermatov aholining ma’lumoti sizib çiqişi haqida gapirdi

eʼlon qilindi
Kiberxavfsizlik uçun qöşimça mablağ ajratiş zarur
Foto: mindmatters.ai

Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov sun’iy intellektni rivojlantiriş bilan birga, undan kelib çiqadigan xavflarga qarşi himoyani ham kuçaytiriş zarurligini ta’kidladi. U taşkilotlarga kiberxavfsizlik uçun qöşimça mablağ ajratiş va mutaxassislar tayyorlaşni tavsiya qildi.

Şerzod Şermatovning ta’kidlaşiça, sun’iy intellekt avvaldan foydalanib kelinayotgan axborot tizimlaridagi zaifliklarni aniqlaş imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirmoqda. Şu sababli davlat, nodavlat va tijorat taşkilotlari öz tizimlaridagi kamçiliklarni muntazam aniqlab, öz vaqtida bartaraf etişi kerak.

«Sun’iy intellektni rivojlantirişga sarmoya kiritilganida, undan himoya qilişga ham tegişli sarmoya kiritiş juda muhim. Uni SI yönalişida maqsadsiz sarf deb hisoblansa, risk ortaveradi», – deb yozdi vazir.

Kiberxavfsizlik uçun qöşimça mablağ zarur

Şermatovning qayd etişiça, tizimlarni yaratiş va boşqarişga mas’ul idora hamda kompaniyalar kiberxavfsizlik uçun qöşimça mablağ ajratişi, şu bilan birga, malakali mutaxassislar tayyorlaşi lozim.

U DXX Kiberxavfsizlik markazi va uning UzCERT xizmati e’lon qiladigan yangi zaifliklar haqidagi ogohlantirişlarni kuzatib boriş hamda aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etiş zarurligini ta’kidladi.

Vazir, şuningdek, yaqinda 27 millionta ma’lumot sizib çiqqani haqidagi xabarlar ortidan kiberxavfsizlik masalasiga e’tibor qaratiş muhimligini bildirdi. Uning fikriça, hozirça ma’lumotlar tarqalmagani kelajakda bunday holat takrorlanmasligiga kafolat bermaydi.

Yoşlar uçun istiqbolli kasb

Şermatov kiberxavfsizlikni kelajakda yuqori daromadli iş topişni istagan yoşlar uçun istiqbolli yönalişlardan biri deb atadi. Uning ta’kidlaşiça, bu soha mutaxassislariga Özbekistonda ham, xorijda ham talab ortib boradi.

Şu munosabat bilan vazir yoşlarni Cyber University’da tahsil olişga çaqirdi. Şuningdek, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti, INHA, Amity va Açarya universitetlarida kiberxavfsizlik yönalişlarini kuçaytiriş muhimligini qayd etdi.

Avvalroq Sun’iy intellekt xizmatlarini birlaştiruvçi 302.ai platformasida foydalanuvçilarning maxfiy yozişmalari va şaxsiy ma’lumotlari oçiq internetda qolib ketgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek