MB: tariflar oşişi inflyatsiyaga vaqtinça ta’sir qiladi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
2026-yilda inflyatsiya prognozi 7 foiz atrofida belgilandi
Foto: MB

Özbekistonda propan narxi va ayrim energiya tariflarining oşişi inflyatsiyaga qisqa muddatli ta’sir körsatadi. Markaziy bank uşbu omillarning örta muddatli istiqbolda narxlar ösişiga ta’siri sezilarli bölmasligini kutmoqda. Bu haqda 4-noyabr kuni asosiy stavkaga bağişlangan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi örinbosari Nodirbek Açilov Kursiv Uzbekistan muxbirining savoliga javoban ma’lum qildi.

Açilovning tuşuntirişiça, inflyatsiyaga ta’sir qiluvçi taklif omillari qatoriga import narxlari, energiya tariflari va transport xarajatlari kiradi. Ularning ayrimlari, jumladan, rejalaştirilgan tarif özgarişlari narxlarga bir martalik ta’sir körsatadi.

«Keyingi yilda propan va boşqa özgarişlarning ta’siri bir martalik bölgani uçun çiqib ketadi. Şu sababli biz örta muddatli istiqbolda bu omillarning ta’sirini yuqori deb baholamayapmiz», – dedi Markaziy bank raisi örinbosari.

Uning sözlariga köra, ayrim tariflarning özgarişi iqtisodiyotdagi xarajatlar va daromadlarni muvozanatlaştiriş, işlab çiqaruvçi korxonalar uçun qulayroq şaroit yaratiş zarurati bilan boğliq.

Nega asosiy stavka 14 foizda qoldirildi?

Açilov asosiy stavkaning yuqori darajada saqlanişini tariflar oşişining ikkilamçi inflyatsion ta’sirini çeklaş zarurati bilan izohladi.

«Bugungi stavkani 14 foiz darajasida saqlaşning sababi — ikkilamçi ta’sirlarni muvozanatlaştiriş, ya’ni bu özgarişlar inflyatsion kutilmalarga va inflyatsiyaning barqaror tarkibiy qismlariga ötib ketmasligini ta’minlaş», – dedi Achilov.

Uning fikriça, tartibga solinadigan tariflarni erkinlaştiriş jarayonlari yakunlangandan söng bu omillarning inflyatsiyaga bosimi sezilarli darajada kamayadi. Keyinçalik narxlar dinamikasiga asosan, taşqi iqtisodiy şoklar va içki talab omillari ta’sir körsatadi. Bu esa Markaziy bankka pul-kredit siyosati orqali inflyatsiyani tartibga soliş uçun köproq imkoniyat yaratadi.

Markaziy bank inflyatsiya böyiça qanday prognoz bermoqda?

Markaziy bankning 4-noyabrdagi rasmiy press-relizida 2026-yilda inflyatsiya prognozi 7 foiz atrofida belgilandi. Bunga içki talabning yuqoriligi, energiya narxlari bilan boğliq taşqi xatarlar va ayrim tartibga solinadigan narxlarning rejalaştirilgan oşirilişi sabab bölgan.

Şu bilan birga, regulyator 2027-yil yakunida inflyatsiya 5 foizlik maqsadli darajaga tuşişi haqidagi prognozini özgarişsiz qoldirdi.

Sentabr oyida Özbekistonda yillik inflyatsiya 6,4 foizni, bazaviy inflyatsiya esa 5,5 foizni taşkil etdi. Aholining kelgusi 12 oy uçun inflyatsion kutilmalari 8,7 foiz, tadbirkorlarning kutilmalari 9,2 foiz darajasida şakllandi.

Markaziy bank boşqaruvi 4-noyabrdagi yiğilişida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi. Navbatdagi yiğiliş 16-dekabrga belgilangan.

Shuningdek