GoPro kamerasi örnatilgan mototsikl şlemini yaratmoqda
eʼlon qilindi
2027-yilda

GoPro Italiyaning AGV kompaniyasi bilan hamkorlikda kamerasi va boşqa texnologiyalari şlemga içki tarzda integratsiya qilingan mototsikl şlemini işlab çiqmoqda. Qurilmani 2027-yilda çiqariş rejalaştirilgan.
Kamera şlemga örnatiladi
GoPro va AGV yangi şlemda kompaniyaning raqamli tasvirga oliş texnologiyalarini AGV’ning xavfsizlik va dizayn tajribasi bilan birlaştirmoqda.
GoPro ma’lumotiga köra, bu oddiy mototsikl şlemiga taşqi kamera örnatiş emas, balki texnologiyalarni şlem konstruksiyasiga töliq integratsiya qilişga qaratilgan loyiha.
Kompaniyalar yangi qurilmaning batafsil texnik xususiyatlarini hozirça oçiqlamagan. Şlem 2027-yilda sotuvga çiqarilişi kutilmoqda.
Avvalroq Rossiyaning «Ural» mototsikl brendi Neo 500 nomli yangi modelini taqdim etgandi.