Poytaxt aeroportida noqonuniy olib kirilayotgan 1 mlrd sömlik zargarlik buyumlari aniqlandi

Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan noqonuniy olib kirilayotgan umumiy qiymati 1 mlrd 20 mln sömdan ortiq zargarlik buyumlari aniqlandi. Bu haqda Özbekiston Davlat bojxona qömitasi ma’lum qildi.
Zargarlik buyumlari qiymati 1 mlrd sömdan ortiq

«Toşkent xalqaro aeroporti» çegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan zargarlik buyumlarini belgilangan me’yorlardan ortiq miqdorda noqonuniy olib kiriş bilan boğliq holat foş etildi.
Tekşiruvlar davomida turli xorijiy yönalişlardan uçib kelgan yölovçilarning yuklari orasidan va yonidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan tilla buyumlar topilgan. Ularning umumiy oğirligi qariyb 691 gramm bölib, qiymati 1 mlrd 20 mln sömdan ziyodni taşkil qiladi. Hozir mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom etmoqda.
Avvalroq til ostiga oltinni konfet kabi yaşirişga uringan şaxs postda qölga tuşgani haqida xabar berilgan edi.