Turkmaniston bilan çegaradagi postda yangi köprik qurilişi rejalaştirilmoqda

Özbekiston va Turkmaniston çegarasidagi «Olot» bojxona postida yangi köprik quriş va yuk taşiş tartibini soddalaştiriş taklif etildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
4-noyabr kuni transport vaziri Ilhom Mahkamov, Bojxona qömitasi raisi Akmalxöja Mavlonov, Avtomobil yöllari qömitasi raisi Jamşid Tursunov hamda «Özsuvta’minot» AJ raisi Ahmad Suvonqulov çegara postining faoliyati va mavjud infratuzilma imkoniyatlarini örgandi.
Vazirlik ma’lumotlariga köra, 2026-yilning yanvar – oktabr oylarida «Olot» posti orqali 243 mingdan ortiq transport vositalari harakatlangan. Bu 2022-yilning mos davridagiga nisbatan 2,3 baravar köpdir. Hozirda post orqali bir sutkada 1,2 mingtagaça avtomobil kirib-çiqmoqda.
Çegarada qanday özgarişlar taklif etildi?
Muhokamalar davomida pandemiya vaqtida Turkmaniston tomonidan joriy etilgan yuk maşinalari tirkamalarini almaştiriş tartibidan voz keçiş masalasi körib çiqildi.
Amaldagi mexanizmga köra, yuk tirkamalari bir davlatda röyxatdan ötgan tortuvçi avtomobildan ajratilib, boşqa davlat transport vositasiga ulanadi.
Uşbu tartib bekor qilinsa, yuk maşinalarining çegaradan ötiş jarayoni soddalaşişi, ortiqça nazorat bosqiçlari qisqarişi va transport harakati tezlaşişi kutilmoqda.
Şuningdek, ikki davlat çegarasidagi neytral hududlarni boğlovçi Yomonjar kanali ustida yangi köprik quriş taklif qilindi.
Hozirda foydalanilayotgan köprik 1978-yilda qurilgan bölib, texnik jihatdan eskirgan. Uning örniga har ikki yönalişda kamida ikkitadan yuk avtomobili harakatlana oladigan zamonaviy köprik barpo etiş rejalaştirilmoqda.
Yangi inşoot çegara hududidagi tirbandliklarni kamaytiriş, yuk taşişni tezlaştiriş hamda yengil avtomobillar va piyodalar uçun qulay şaroit yaratişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Transport vazirligiga köra, takliflar tegişli idoralar tomonidan örganilib, ularning texnik-iqtisodiy asoslari işlab çiqiladi. Şundan söng loyihalar yuqori darajada körib çiqiş uçun kiritiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2030-yilgaça Özbekiston transport sohasiga $9,1 mlrd investitsiya jalb qilişni rejalaştirayotgani haqida xabar bergan edi. Dastur doirasida Olot, Termiz, Angren va boşqa hududlarni transport-logistika markazlariga aylantiriş közda tutilgan.