Çirçiq daryosi böyidagi 100 gektar hududda investitsiya loyihasi amalga oşiriladi

Toşkent şahrining Sergeli tumanida Çirçiq daryosi böyidagi 100 gektar hududda investitsiya loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida ma’lum qilindi.
Hujjatga köra, loyiha Sergeli tumanining Faroğatli va Quruvçilar mahallalarini qamrab oladi. Uşbu hududda zamonaviy işlab çiqariş va xizmat körsatiş infratuzilmasini yaratiş, yangi iş örinlari taşkil etiş hamda mahalliy aholi daromadlarini oşiriş közda tutilgan.
Şuningdek, yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş va hududning turizm salohiyatidan foydalaniş rejalaştirilmoqda. Yangi iş örinlarini yaratişda yoşlar va xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Daryo böyida qanday obyektlar paydo bölişi mumkin?
Qaror loyihasida Çirçiq daryosi böyida favvoralar, bolalar va sport maydonçalari, interaktiv hududlar hamda sayr yölaklarini barpo etiş taklif qilingan. Şuningdek, köçma savdo va xizmat körsatiş obyektlarini joylaştirişga istisno tariqasida ruxsat beriş nazarda tutilmoqda.
Biroq loyiha amalga oşiriladigan hudud Toşkent şahrining boş rejasida belgilangan konservatsiya zonasi maqomini saqlab qolişi kerak.
Daryoning suvni muhofaza qiliş zonalarida amaldagi qonunçilikda taqiqlangan faoliyat turlariga ruxsat berilmaydi. Quriliş davomida mavjud daraxtlarni saqlaş va şaharsozlik talablariga rioya etiş şart böladi.
Loyiha doirasida investor zimmasiga Çirçiq daryosining qirğoqböyi hududlarini obodonlaştiriş, sanitariya jihatidan tozalaş, qirğoqlarni mustahkamlaş va zarurat tuğilganda himoya inşootlarini quriş majburiyatlari yuklanişi közda tutilgan.
Milliy ekologiya va iqlim özgarişi qömitasi hududning ekologik holatini örganişi, mavjud daraxt va butalarni xatlovdan ötkazişi hamda suvni muhofaza qiliş talablariga rioya etilişini nazorat qilişi rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, Toşkent şahar hokimligi hududni elektr energiyasi, tabiiy gaz, içimlik va texnik suv, kanalizatsiya tizimlari hamda avtomobil yöllariga ulaş imkoniyatlarini örganişi kerak.
Loyihani amalga oşirişda hududdagi turarjoy va noturarjoy obyektlari huquq egalarining manfaatlarini hisobga oliş, ular bilan oçiq muhokamalar ötkaziş ham nazarda tutilgan.
Hozirça investitsiya loyihasining umumiy qiymati, amalga oşiriş muddatlari va investorlar haqida ma’lumot oçiqlanmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toşkentning Bektemir tumanida Çirçiq daryosi böyida qiymati 1,4 trln sömdan ortiq «Daryo böyi business city» loyihasi taqdim etilgani haqida xabar bergan edi. Mazkur loyiha doirasida turarjoylar, biznes markazlari va dam oliş hududlarini barpo etiş rejalaştirilgan.