Islom Maxaçev Toşkentda, jahon tillari rektori ketdi — 6-noyabr yangiliklari

eʼlon qilindi
6-noyabr kunining Özbekistondagi muhim yangiliklari
Foto: Zenfs.com

Islom Maxachev Toshkentga keldi, beşta OTM rektori lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda. 6-noyabr kunining Özbekistondagi muhim yangiliklari.

Islom Maxaçev Toşkentga keldi

Foto: BBC

6 – 8-noyabr kunlari Toşkent şahrida sambo böyiça kattalar örtasidagi 50-jahon çempionati ötkaziladi. Musobaqa oldidan taşkil etilgan matbuot anjumanida MMA afsonasi Fyodor Yemelyanenko va ikki vazn toifasida UFC çempioni Islom Maxaçev ham iştirok etdi.

Federatsiya prezidenti Vasiliy Şestakov Fyodor Yemelyanenko va Islom Maxaçevga sambo elçisi maqomini tasdiqlovçi ramziy yorliq va haykalçalarni topşirdi.

Federatsiya ma’lumotiga köra, sambo elçilari uşbu sport turini xalqaro maydonda tanitiş, uning rivojiga hissa qöşiş va sambo qadriyatlarini tarğib qiliş vazifasini bajaradi.

Jahon tillari universiteti rektori lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda

Foto: ÖzDJTU yoshlari Telegram kanali

Özbekistondagi beşta oliy ta’lim muassasasi rektori lavozimidan ozod etildi. Ular orasida Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Töxtasinov ham bor. Bu haqda Kursiv Uzbekistan manbasi xabar berdi.

Manbaning bildirişiça, 6-noyabr kuni Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov raisligida ötkazilgan yiğilişda beşta OTM rahbarini lavozimidan ozod etiş masalasi körilgan. Ular orasida Samarqand davlat çet tillar instituti rektori Bahodir Holiqov ham bor.

Sindarov şaxmat toji uçun öyin oldidan Gukeş ustidan ustunlikka erişdi

sindarov
Foto: Olamsport

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Dommaraju Gukeş bilan şaxsiy uçraşuvlarda ustunlikka ega. Bölajak jahon çempionligi bahsi oldidan umumiy hisob Sindarov foydasiga 4,5:1,5 ni taşkil etmoqda.

Oltin narxi ikki haftalik maksimumga çiqdi

Насколько выгодной будет покупка золота в 2026 году — мнение экспертов
Foto: Shutterstock

5-noyabr kuni oltin narxi 1 foizdan ortiq oşib, bir unsiya uçun $4,146 minggaça yetdi. Bu 20-oktabrdan beri qayd etilgan eng yuqori körsatkiçdir. Reuters yozishiça, narxlar ösişiga dollarning zaiflaşişi va AQŞ davlat obligatsiyalari daromadliligining pasayişi yordam berdi.

Şahzoda Muhammedova Imarat Development mojarosida yangi ayblovlar bildirdi

Foto: Şahzoda Muhammedova instagram sahifasidagi videodan skrinşot

Aktrisa Şahzoda Muhammedova «Imarat Development» atrofidagi mojaro yuzasidan yangi videomurojaat bilan chiqib, kompaniya ta’sisçilari örtasidagi nizoga oid qator yangi iddaolarni ilgari surdi. U turmuş örtog‘i Marat Hamdamovning biznes hamkori Jasur Azizovni kompaniya mablağlarini boşqa maqsadlarga yönaltiriş va Hamdamovni biznesdan çetlaştirişga urinişda aybladi.

Muhammedovaning aytişiça, u bayonotida tilga olgan holatlarga oid dalillar Toşkent şahar IIBBga topshirilgan. Aktrisa öz da’volarini tasdiqlovçi audioyozuvlar va boshqa materiallar ham mavjudligini bildirdi.

Çirçiq daryosi böyidagi 100 gektar hududda investitsiya loyihasi amalga oşiriladi

Foto: Şahar hokimligi

Toşkent şahrining Sergeli tumanida Çirçiq daryosi böyidagi 100 gektar hududda investitsiya loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida ma’lum qilindi.

Hujjatga köra, loyiha Sergeli tumanining Faroğatli va Quruvçilar mahallalarini qamrab oladi. Uşbu hududda zamonaviy işlab çiqariş va xizmat körsatiş infratuzilmasini yaratiş, yangi iş örinlari taşkil etiş hamda mahalliy aholi daromadlarini oşiriş közda tutilgan.

Eng katta javobgar menman — Şahzoda Muhammedova «Imarat Development» işi böyicha audio e’lon qildi

Foto: Şahzoda Muhammedova instagram sahifasidagi videodan skrinşot

Aktrisa Şahzoda Muhammedova instagram sahifasida «Imarat Development» atrofidagi mojaro yuzasidan telefon suhbatidan yozib olingan audioyozuvni taqdim qildi. Uning aytişiça, yozuvda biznes hamkorlari Jasur Azizov va Marat Hamdamov kompaniya loyihalari, kreditlar, investorlar va moliyaviy majburiyatlarni muhokama qilgan.

Bitkoin yetti haftalik minimumga tuşdi

Bitcoin
Foto: Norman Wozny / Unsplash

Bitkoin narxi 5-noyabr kungi savdolarda $76 mingdan pastga tuşdi. Kun davomida kriptovalyuta qariyb 6 foizga arzonlaşib, sönggi yetti haftadagi eng past darajaga yetdi. Pasayiş AQŞ fond bozoridagi keskin sotuvlar va investorlarning xavfli aktivlardan çekinişi fonida yuz berdi, deya yozmoqda Bloomberg.

Bitkoinning pasayişi AQŞ texnologik sektoridagi sotuvlar bilan bir vaqtda kuzatildi. Nasdaq 100 indeksi kun içida 6,4 foizgaça tuşdi.

Ronaldu xayrlaşuv öyinida qatnaşişdan boş tortdi

Ronaldu
Foto: Tass

Portugaliyalik futbolçi Kriştianu Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan söng xayrlaşuv uçraşuvida maydonga tuşişdan boş tortmoqda. Bu haqda Portugaliyaning Observador naşri xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) 41 yoşli hujumçi uçun maxsus xayrlaşuv tadbirini taşkil etmoqçi. Biroq Ronaldu hozirça terma jamoa safida sönggi bor maydonga tuşişni istamayapti. Şu sababli xayrlaşuv marosimining qaysi şaklda ötkazilişi noma’lumligiça qolmoqda.

Özbekiston BMTning Aksilterror boşqarmasi mintaqaviy ofisini oçişga tayyorligini bildirdi

Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekiston BMTning Aksilterror boşqarmasi mintaqaviy ofisini mamlakatda oçişga tayyorligini ma’lum qildi. Şuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi negizida «Raqamli davrda jaholatga qarşi ma’rifat» xalqaro dasturini yölga qöyiş taklif etildi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevning Ostona şahrida Aqaba jarayoni doirasidagi uçraşuvda sözlagan nutqida ma’lum qilindi.

Shuningdek